Oziq-ovqat kimyosi
13.3.3. Kimyoviy idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.3.4. Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi talablari
173 13.3.3. Kimyoviy idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi Yorilgan va qirralari singan kimyoviy idishlardan foydalanish mumkin emas. Xuddi shuningdek, oddiy shisha idishlarini (kolba, stakan) ochiq olov ustida qizdirish qat’iy man etiladi. Ularni qizdirish lozim bo‘lganda, asbest qog‘ozi yoki to‘rchasi ustiga qo‘yib past olovda qizdirish kerak. Isitilgan idishlarning ichidagi suyuqlik xona haroratigacha sovutilmaguncha tiqin bilan yopish mumkin emas. Idish og‘zi yopiq holda sovutilgandan keyin uning og‘zini ochish qiyinlashadi va shisha idishlar sinib ketishi mumkin. Shisha idishlarni tiqin bilan yopishda bo‘g‘zining yuqori qismidan ushlash lozim. Shisha naychalar va tayoqchalarni sindirishdan oldin maxsus arracha yordamida kesik qilish shart, kesikning ikki tomonidan 1,5-2,0 sm masofada ikki qo‘l yordamida sachoq bilan ushlab sindirish zarur. Shisha idishlarni yuvishda ham ehtiyotlik talablari nazarda tutiladi. Yumoloq sim cho‘tka yordamida probirkalarni yuvishda cho‘tka bilan probirkalarning tagiga qattiq turtish mumkin emas, chunki shisha idishning tagi sinib tushishi mumkin. Idishlarni yuvishdan oldin ular ichidagi konsentrlangan ishqorlar va zaharli moddalar qoldiqlarini neytrallash va faqat shundan keyin kanalizatsiyaga to‘kish kerak. Bulardan tashqari kimyoviy idishlarni xromli aralashma (xrompik) bilan yuvishda rezina qo‘lqoplaridan foydalanish lozim. 13.3.4. Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi talablari Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar bilan noto‘g‘ri ish olib borilganda yong‘inlar va portlab, olov chiqish vaziyatlari yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ham bunday moddalardan o‘quv laboratoriyasida faqat bir kun uchun kerak bo‘ladigan miqdorda va qopqog‘i zich yopiladigan qalin shisha idishlarda 1 l dan oshmaydigan miqdorda saqlanishi kerak. Bunday talablar qaynash harorati 50 0 C dan oshmaydigan moddalar (masalan, dietil efiri, izopren va h.z.) uchun muhimdir. Dietil efiri qora rangli shishada salqin xonada, tagi va devori asbest bilan qoplangan qopqoqli temir yashiklarda saqlanadi. Tez olov oladigan va yonadigan suyuq moddalar bilan bajariladigan barcha ishlar ishlab turgan mo‘rili shkaflarda o‘tkazilishi lozim. Ular bilan ishlash davrida barcha yonib turgan manbalar (gaz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling