Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

13.6. Amaliy mashg‘ulotlar 
Oqsillarning cho‘kish reaksiyalari va eruvchanligi 
 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar (3.2.1.1-3.2.1.5):
1. 1 % li tuxum oqsili eritmasi. 
2. 1 % li sirka kislota eritmasi. 
3. 10 % li sirka kislota eritmasi. 
4. 10 % li natriy gidroksid eritmasi. 
5. Konsetrlangan xlorid kislota. 
6. Konsetrlangan sulfat kislota. 
7. Konsetrlangan nitrat kislota. 
8. 7 % li mis sulfat eritmasi. 


186 
9. 5 % li qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi. 
10. 5 % li kumush nitrat eritmasi. 
11. 10 % li sulfatsil kislota eritmasi. 
12. 10 % li trixlorsirka kislota eritmasi. 
13. 5 % li natriy xlorid eritmasi. 
Oqsillarning qizdirishda cho‘kishi 
Bajarish texnikasi. Raqamlangan beshta probirkaning har biriga 
1 % li tuxum oqsili eritmasidan 10 tomchidan solinadi. Birinchi 
probirkadagi eritma gaz gorelkasida yoki suv hammomida qizdiriladi. 
Suyuqlik “loyqalanadi” va denaturatsiyaga uchray boshlagan oqsil 
zaryadga ega bo‘lganligi uchun u muallaq holda ushlanib turadi (tuxum 
albumini kislotalik xossasiga ega bo‘lgan oqsil va neytral muhitda 
manfiy zaryadlanadi). 
Ikkinchi probirkaga 1 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi 
tomiziladi va qizdiriladi. Oqsil o‘z zaryadini yo‘qotgani va izoelektrik 
nuqtaga yaqin turganligi uchun cho‘kmaga tushadi. 
Uchinchi probirkaga 10 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi 
tomiziladi va namuna qizdiriladi. Namuna qizdirilganda ham oqsil 
cho‘kmaga tushmaydi, chunki kislotali muhitda oqsil zarrachalari qayta 
zaryadlanadi va musbat zaryadga ega bo‘ladi. 
To‘rtinchi probirkaga 10 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi 
va natriy xloridning to‘yingan eritmasidan 1 tomchi tomiziladi. Oqsil 
zarrachalari sirtida natriy xlorid ionlarining adsorbsiyalanishi (qo‘sh 
izoelektrik qavatninghosil bo‘lishi) va musbat zaryadlarning 
neytrallanishi hisobidan oqsil cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Beshinchi probirkaga 10 % li natriy gidroksil eritmasidan 1 
tomchi tomiziladi va qizdiriladi. Qaynaganda ham unda cho‘kma hosil 
bo‘lmaydi, chunki oqsil zarrachalaridagi manfiy zaryad kuchayadi. 
Tajribalar natijalari 6-jadvalga qayd etiladi. 
6-jadval 
Oqsillarning cho‘kishini o‘rganish natijalari 
Neytral 
muhit 
Kuchsiz 
kislotali muhit 
Kislotali 
muhit 
Kislotali muhit va 
elektrolit 
Ishqoriy 
muhit 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling