Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Bajarish texnikasi. Toza konussimon kolbaga 50 ml distillangan 
suv o‘lchab olinadi, ustidan 3-4 tomchi fenolftalein tomiziladi (suvning 
rangi o‘zgarmasligi kerak) va elektr plitkasining ustiga qo‘yib, 
qaynatiladi. Keyin 10 ml atrofida tekshirilayotgan moy namunasi 
solinib, yana 5-10 daqiqa davomida qaynatiladi. Kolbadagi suv bir tekis 
qaynashi uchun unga ko‘piktosh (pemza) bo‘laklari yoki shisha 
tayyoqchalari solinadi. Qaynatib bo‘lingandan keyin kolba oq qog‘oz 
ustiga qo‘yiladi va bir necha tomchi fenolftalein tomiziladi. Agar sovun 
bo‘lsa, suyuqlik tagida pag‘a-pag‘a cho‘kma hosil bo‘ladi, bo‘lmasa suv 
tiniqligicha qoladi. Tajriba natijalari 11-jadvalga kiritiladi. 
11-jadval
Tajriba natijalari 
Moy turlari 
Cho‘kma
bor
yo‘q
Tajriba natijalariga qarab, moyning tozalanish jarayonining sifatiga 
baho beriladi. 
Aldegidlarni aniqlash 
 
Yog‘lar noqulay sharoitda va uzoq muddat saqlanganda ular 
oksidlanadi. Oksidlanish jarayoninig boshida organik perikislar hosil 
bo‘ladi. Ular chidamsiz bo‘lganligi sababli tez parchalanadi va hosil 
bo‘lgan moddalar bir-birlari bilan reaksiyaga kirishishlari mumkin. 
Uning natijasida oksidlanish reaksiyasining ikkilamchi moddalari - 
aldegidlar, ketonlar va kichik molekulyar kislotalar hosil bo‘ladi. Bu 
yog‘larning chuqur parchalana boshlaganligi to‘g‘risida darak beradi. 
Ko‘rsatilgan moddalarning hosil bo‘lishi yog‘larning achchiq bo‘lib 
qolishigi, hidining o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu laboratoriya ishida 
faqat aldegidning hosil bo‘lganligini tasdiqlovchi tajriba o‘tkaziladi. 
Shuni esda tutish kerakki, to‘yinmagan yog‘lar to‘yinganlariga nisbatan 
juda ham tez buziladi. 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. 1, 2 va 10 ml li pipetkalar. 
2. 100 ml li stakan yoki kolbalar. 


197 
3. Probirkalar shtativi bilan . 
4. Petrol efiri. 
5. Fuksin sulfit kislota (fuksinsernistaya). 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling