Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
195 13.8. Amaliy mashg‘ulotlar Yog‘larning sifat reaksiyalari Sifat reaksiyalari yog‘larning turini va tozalangan moylarda erkin yog‘ kislotalari natriyli tuzlarining bor – yo‘qligini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Ba’zi moylar tarkibida kimyoviy reaktivlar ta’sirida rang beruvchi moddalar bo‘ladi. Ular o‘simlik moylari turini aniqlash uchun qo‘llaniladi. O‘simlik moylarini ishlab chiqarishda ular o‘zining tarkibidagi erkin yog‘ kislotalardan tozalanadi. Tozalash uchun natriy gidroksidi ishlatiladi. Ishqor erkin kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, kislotaning natriyli tuzini, ya’ni sovunni hosil qiladi va pag‘a-pag‘a bo‘lib cho‘kmaga tushadi. Moy cho‘kmadagi sovundan yuvish va maxsus apparatlarda quritish yo‘li orqali tozalanadi. Agar ushbu jarayonlar sifatsiz o‘tkazilgan bo‘lsa, yog‘da erkin kislotalarning tuzlari qolib ketishi va uning sifatini pasaytirib yuborishi mumkin. O‘simlik moylarining turini aniqlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. 50 ml li kimyoviy stakanchalar. 2. Darajalangan pipetka. 3. Konsentrlangan nitrat kislotasi (zichligi 1,41 g/ml). Bajarish texnikasi. Toza yuvilgan va quritilgan stakanlarga 10 g atrofida moy namunalari olinadi va pipetkalar yordamida nitrat kislotadan asta-sekin tomizilib, aralashtiriladi. Moyga kislota unga xos rang paydo bo‘lguncha tomiziladi. Tajriba natijalari 10 - jadvalga kiritiladi. 10-jadval Tajriba natijalari Moy turlari Nitrat kislota qo‘shilgandan keyin paydo bo‘lgan rang Tozalangan moylarda sovun mavjudligini aniqlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. Texnik tarozi. 2. 250 ml li konussimon kolbalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling