Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Oqsillar dializi 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. 5 % li natriy xlorid eritmasi. 
2. Shisha tayoqcha. 
3. Kimyoviy shisha stakan. 
4. Sellofan xaltachasi. 
5. Qumli soat. 
6. 1 % li kumush nitrat eritmasi. 
7. 10 % li nitrat kislota eritmasi. 
8. 10 % li natriy gidroksidi eritmasi. 
9. 1 % li mis sulfat eritmasi . 
 
Bajarish texnikasi. 
Oqsilning tuzli eritmasini tayyorlash. 2 tomchi tuxum oqsiliga 
20 tomchi 5 % li natriy xlorid eritmasi tomiziladi. Aralashma oldindan 
suvdan tozalangan sellofan xaltachaga solinadi. 
Dializ qilish uchun xaltachining yuqori qismi 2 ta shisha 
tayoqchaga rezina halqalari yordamida mahkamlanadi, sellofan haltacha 
suvli stakanga, har 15 minutda suvi almashtirilib, 1 soat davomida 
saqlanadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin haltacha ichidagi aralashma 
loyqalanadi, keyin esa globulin oqsili cho‘kmaga tushadi. 


193 
Dializ tugagandan keyin dializat va xaltachada qolgan suyuqlikdan 
namunalar olinib, ularda xlorid ionlari va oqsil uchun sifat reaksiyalari 
(sinama) o‘tkaziladi hamda mineral tuzlar tashqi idishga to‘lig‘icha 
o‘tganligiga va xaltachada oqsil qolganligiga ishonch hosil qilinadi.
Dializatdagi xloridlarga sinama. 10 tomchi dializatga 10 tomchi 
10 % li nitrat kislota eritmasi va 1 tomchi 1 % li kumush nitrat eritmasi 
tomiziladi. Namunada xlorid ionlari bo‘lganda kumush xlorid hosil 
bo‘ladi va cho‘kmaga tushadi. 
Dializatdagi oqsilga sinama (biuret reaksiyasi). 10 tomchi 
dializatga 5 tomchi 10 % li natriy gidroksid eritmasi va 1 tomchi mis 
sulfat eritmasi tomiziladi. Ko‘k rangning paydo bo‘lishi dializatda oqsil 
yo‘qligidan darak beradi.
Dializdan keyingi suyuqlikdagi oqsilga sinama. 10 tomchi 
dializdan keyingi qolgan suyuqlik namunasi bilan biuret reaksiyasi 
yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi. Qizil-binafsha rangga 
bo‘yalish dializlanadigan suyuqlikda oqsil borligidan dalolat beradi.
Ish bo‘yicha xulosalar chiqaring. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling