Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

13.7. Amaliy mashg‘ulotlar 
Oqsillarni tuzlash 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Probirkalar. 
2. Ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi. 
3. Ammoniy sulfat (kimyoviy toza). 
4. 10 % li natriy gidroksidi eritmasi. 
5. 1 % li mis sulfat eritmasi. 
6. Voronka. 
7. Filtr qog‘ozi. 
8. Tuxum oqsili. 
Bajarish texnikasi. Probirkaga 20 tomchi suyultirilmagan 
tuxum oqsili tomiziladi, teng hajmda ammoniy sulfatning to‘yingan 
eritmasi qo‘shiladi va aralashtiriladi. Natijada ammoniy sulfatning 
yarim to‘yingan eritmasi hosil bo‘ladi, unda oqsil (qaysi oqsil?) 
cho‘kmaga tushadi, 5 minutdan keyin cho‘kma filtrlanadi. Filtratda 
boshqa oqsil (qaysi?) qoladi. Filtratga to‘liq to‘yinganicha 
maydalangan ammoniy sulfat kukuni qo‘shiladi. Tushgan cho‘kma 
filtrlanadi. Filtratdagi oqsilning to‘liq cho‘kkanlik darajasi biuret 
reaksiyasi yordamida tekshiriladi. Uning uchun filtratga bir necha 
tomchidan 10 % li natriy gidroksid va 1 % li mis sulfat eritmalari 
tomiziladi. Agar oqsillar to‘lig‘icha tuzlanmagan bo‘lsa, filrat qizil-
binafsha rangga bo‘yaladi. Bu esa oqsilning eritmadan to‘liq 
cho‘kmaganligidan darak beradi. Natijalar 9-jadvalda qayd etiladi. 
9-jadval 
Reaksiya natijalari 
Oqsil nomi 
Qo‘llanilgan tuz To‘yinish darajasi 
Cho‘kma 
Bor 
Yo‘q 
Globulin 
Albumin 


192 
Kazeinni sutdan ajratib olish 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. 10 % li sirka kislota eritmasi. 
2. Indikator qog‘ozi yoki pH-metr. 
3. Shpatel. 
4. Stakanlar. 
5. Distillangan suv. 
6. Voronka. 
7. Filtr qog‘ozi. 
Bajarish texnikasi. 10 ml sut teng hajmdagi distillangan suv 
bilan suyultiriladi va uning tarkibidagi kazein 10 tomchi 10 % li sirka 
kislota eritmasi bilan cho‘ktiriladi. Reaksiya muhiti pH metr yoki 
indikator qog‘ozi yordamida aniqlanadi. Pag‘a-pag‘a bo‘lib ajralgan 
kazein filtrlanadi va filtrda distillangan suv bilan 2-3 marta yuviladi. 
Filtrda ushlanib qolgan kazeinning bir qismi shpatel yordamida 
olinadi va u bilan rangli (biuret) reaksiyasi o‘tkaziladi (oldingi 
tajribaga qaralsin).

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling