200
Tutun ajralib chiqish harorati
Priborlar va idishlar:
1. Temir shtativ halqasi va qisqichi bilan.
2. Issiqbardosh
shishadan
yasalgan
baland
stakan
yoki
konussimon kolba, 100 ml li.
3.
Termometr, 300
0
C.
Bajarish texnikasi. Stakan yoki kolbaga 50 g atrofida o‘simlik
moyi namunasi solinadi. Namuna solingan stakan yoki kolba temir
shtativi halqasining ustiga qo‘yilgan asbestli to‘rga joylashtiriladi. Keyin
termometr uchi 1,5 – 2,0
sm moyga botirilgan holda, shtativning
qisqichiga mahkam qistiriladi. Termometrning
uchi stakanning
(kolbaning) tagiga va yon devorlariga tegmasligi kerak. Keyin esa
stakan yoki kolba qo‘yilgan asbest to‘ri tagidan gaz gorelkasi yordamida
isitiladi. Isitish davrida tutun ajralib chiqish va termometr ko‘rsatkichi
ustidan nazorat qilib turish shart. Tutun ajralib
chiqa boshlanishidanoq
termometr ko‘rsatgan harorat qiymati yozib olinishi kerak. Haroratning
qaysi darajasida tutun ajralib chiqa boshlagan bo‘lsa, o‘sha harorat
tutun
ajralib chiqish harorati deyiladi. Tajriba
kamida ikki xil moy bilan
o‘tkaziladi.
Moylarning mahsulotlarga singishi
Priborlar va idishlar:
1. Issiqbardosh shishadan
yoki metalldan yasalgan tova, ustki
qismining diametri 15–20 sm, balandligi 5–8 sm.
2. Pichoq.
3. Elektr plitka.
4. Texnik tarozi.
Do'stlaringiz bilan baham: