204
Uglevodlar molekulasida karbonil guruhining
mavjudligini tekshirish
Bajarish texnikasi.Toza va yaxshi
quritilgan probirkaga
glyukozaning 5 % li va natriy gidroksidining 30 % li eritmasidan 2 ml
solinadi. Aralashma spirtovka ustida qaynash darajasigacha qizdiriladi.
Qizdirishda avval sariq, keyin esa qora-qo‘ng‘ir
rang va karamel hidi
paydo bo‘ladi. Aralashmaning rangi va hidi 10 % li sulfat kislotasi
tomchilari qo‘shilganda juda kuchayadi.
Metallarni qaytarish va uglevodlarning
oksidlanish reaksiyalari
Metallarni qaytarish reaksiyasi monosaxaridlar
molekulalarida
bo‘sh aldegid va keton guruhlarining xossalariga asoslanadi. Ular metall
ionlarini qaytarishi hisobiga o‘zlari tezda oksidlanadi. Shu boisdan ham
bunday reaksiyalar oksidlanish-qaytarish reaksiyalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: