Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarish texnikasi.
Shakarlar turlarining shirinlik darajalarini aniqlash Shakarlarning shirinlik darajalarini aniqlash uchun saxaroza, fruktoza, glyukoza yoki maltoza (yoki laktoza) ishlatiladi. Bajarish texnikasi. Shakarlarning har bir turidan 5 ta namuna 250 ml li o‘lchov kolbalariga solinadi: birinchi kolbaga 1,5 g, ikkinchisiga - 2,5 g, uchinchisiga - 3,5 g, to‘rtinchisiga - 4,5 g, beshinchisiga - 6 g 207 solinadi. Kolbalarga raqamlar yozib chiqiladi. Asosiy shart shundan iboratki, kolbaning tartib raqami shakarlar miqdorining o‘sib borish darajasiga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Keyin har bir kolba distillangan suv bilan belgigacha yetkaziladi va undagi shakarlar eritiladi. Talabalarga berishdan oldin har bir shakar eritmasi va distillangan suv raqamlangan stakanlarga quyiladi: saxaroza eritmasi va suv 1- 6 raqamli, fruktoza eritmasi va suv 7 - 12 raqamli, glyukoza (yoki maltoza yoki laktoza) eritmasi va suv 13 - 18 raqamli stakanlarga quyiladi (50 ml dan). Bu yerda ham qaysi kolbadan qaysi stakanga shakar eritmasi yoki suv solinganligi yozib quyiladi. Keyin stakanlar (18 ta stakan, shundan 15 tasi shakarlar eritmasi, uchtasi suv) talabalarga ta’mini tatib ko‘rish uchun uch qator qilib (birinchi qator saxaroza yoki fruktoza eritmalari, ikkinchi qator fruktoza yoki saxaroza eritmalari, uchinchi qator glyukoza eritmalari) beriladi. Talabalardan har biri qatordagi eritmalarning shirinligini alohida boshqa qatorlarga aralashtirmasdan tatib ko‘rish va raqamli stakanda ilk bor shirin ta’mni sezganligini belgilash va shirinlik darajalarining oshib, borishiga qarab ta’tib ko‘rgandan keyin stakanlarning joylanish tartibini aniqlash so‘raladi. Tajriba natijalari 13- jadvalga kiritiladi. 13-jadval Shakarlarning shirinlik darajasini aniqlash natijalari Saxaroza eritmasi Stakanlar raqami Ta’mi ilk bor sezilgan stakan raqami Shirinligining o‘sib borishiga mos stakan raqami Fruktoza eritmasi Glyukoza eritmasi 208 Jadvalga kiritilgan ma’lumotlar bo‘yicha har bir talaba shakarlarning shirinlik darajasi va o‘zining shirin taomni sezish qobiliyati to‘g‘risida yozma holda xulosa chiqaradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling