Oziq-ovqat kimyosi
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlarni tekshirish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlarni tekshirish Nazariy qism Vitaminlar oqsillar bilan birga qishloq xo‘jalik mahsulotlarining biologik qiymatini belgilaydi. Ular odam organizmida boshqa modalardan hosil bo‘lmaydi. Faqat iste’mol qilinadigan taomlar tarkibida organizmga tushishlari kerak. Vitaminlar inson organizmida kechadigan barcha biologik jarayonlarda fermentlarning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi. Agar uzoq muddat davomida bironta vitamin me’yoridan kam iste’mol qilinsa, yoki u taom tarkibida umuman bo‘lmasa, uning natijasida og‘ir kasalliklar kelib chiqishi, yosh bolalarning o‘nib-o‘smay qolishlari va suyak skeletlari shakllanmaslik- lari mumkin. Bugungi kunda 40 ga yaqin vitamin va vitaminga o‘xshash moddalar aniqlangan. Vitaminga o‘xshash moddalar deb shunday kimyoviy birikmalarga aytiladi, ularda barcha vitaminlarga xos xossalari mavjud bo‘lib, faqat ular oxirigacha to‘liq o‘rganilmagan. Vitaminlar erish xossalariga ko‘ra suvda va yog‘da eriydiganlarga bo‘linadi. Suvda eriydigan asosiy vitaminlar guruhlarini C, P, B 1 , B 2 , B 6 , PP, B 12 , B 3 vitaminlari, foliy kislotasi, biotin (vitamin H), yog‘da eriydiganlar guruhini esa A, D, E va K vitaminlari tashkil qiladi. Vitaminga o‘xshash moddalarga xolin, mioinozit, lipoy kislotasi, orot kislotasi, pangam kislotasi va boshqalar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, vitaminlar va ularga o‘xshash moddalar tez parchalanadigan va xossalarini tez yo‘qotadigan moddalar qatoriga kiradi. Ular issiqlik, ultrabinafsha nurlar va og‘ir metall ionlari ta’sirida tez parchaladi. Bundan tashqari, inson organizmining vitaminlar bilan ta’minlanishiga u faoliyat ko‘rsatayotgan iqlim sharoiti ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Issiq iqlimda hatto odam organizmiga tushgan vitaminlarning barchasi ham u tomonidan o‘zlashtirilmaydi, chunki issiq havoda odam ko‘p suv ichadi va ichilgan suvning bir qismi ter shaklida organizmdan chiqib ketadi. Ter bilan birga organizmga taom tarkibidagi suvda eriydigan moddalarning bir qismi, shu jumladan, vitaminlarning ham ma’lum qismi chiqib ketadi. 209 Xomashyolar tarkibidagi vitaminlar va ularga o‘xshash moddalarning bir qismi, ba’zilarining aksariyat qismi, taom tayyorlash vaqtida muhit haroratining ta’sirida parchalanib ketadi. Shu boisdan ham ba’zi bir mahsulotlar (ichimlik sut, achitilgan sut mahsulotlari, un va sh.o‘.), ayniqsa yosh bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, sun’iy vitaminlar bilan qo‘shimcha boyitiladi. Tarkibi boyitilgan mahsulotlardagi vitaminlar miqdori doimo nazorat qilinib boriladi. Vitaminlarning xossalaridan yana biri ularning oksidlanish– qaytarilish va boshqa reaksiyalarda qatnashadi va natijada ular erigan eritmalarning rangi indikatorlar ishtirokida o‘zgaradi. Shu sababli ham oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida u yoki bu vitaminning bor yoki yo‘qligini tasdiqlashda sifat reaksiyalari o‘tkaziladi. Aksariyat hollarda oziq-ovqat mahsulotlaridagi vitaminlarning miqdori nazorat qilinadi. Ularning miqdorini aniqlash uchun turli fizikaviy, fizik–kimyoviy va kimyoviy uslublar qo‘llaniladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling