210
3. 10 % li piridoksin eritmasi.
Bajarish texnikasi. Toza probirkaga olingan 10 % li piridoksin
eritmasining besh tomchisiga temir (III)-xloridning 5 %
li eritmasidan
bir tomchi qo‘shiladi va asta-sekin aralashtiriladi. Eritmaning rangi qizil
tusga kiradi. Qizil rangning paydo bo‘lishi temir fenolyatlarining hosil
bo‘lishi bilan bog‘liq.
Nikotin kislotasining rangli reaksiyasi
Kimyoviy priborlar va reaktivlar:
1. Probirka .
2. Elektr plitkasi.
3. 1, 10 ml li pipetkalar.
4. 10 % li sirka kislota eritmasi.
5. 5 % li mis (II)-atsetat eritmasi.
6. Nikotin kislotasi eritmasi .
Bajarish texnikasi. Quritilgan toza probirkaga pipetka yordamida
5-10 tomchi nikotin kislotasi olinadi, uning ustiga sirka kislotasining 10
% li eritmasidan 10 – 20 tomchi tomiziladi
va eritma qaynab chiqish
darajasigacha elektr plitkasi ustida qizdiriladi. Qizdirilgan eritma ustiga
teng hajmda mis (II)-atsetatning 5 % li eritmasidan qo‘shiladi,
eritma
rangi yashil tusga o‘tadi. Eritma biroz uzoq vaqt turganda nikotin
kislotasining misli tuzi cho‘kmaga cho‘kadi. Cho‘kma ko‘k
rangli
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: