Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Vitaminlar miqdorini aniqlash Eritmadagi karotin miqdorini aniqlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. Fotoelektrokolorimetr. 2. Hajmi 1 l li o‘lchov kolbasi. 3. 10 ml li o‘lchov probirkalari. 4. Hajmi 250 ml li silliqlangan tiqinli kolba. 5. 250 ml li o‘lchov silindri. 6. Shisha voronka (Ø 15 sm) . 7. Qog‘oz filtr. 8. Kaliy dixromatning (K 2 Cr 2 O 7 ) kristallari, x.t. 9. Petrol efiri. 212 Bajarish texnikasi. Silliqlangan tiqinli hajmi 250 ml bo‘lgan kolbaga ochiq havoda quritilib, maydalab ezilgan qizil qalampirdan 1 g olinadi. Uning ustidan 250 ml petrol efiri quyilib, 24 soat davomida qoldiriladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin sariq tusli efirli ekstrakt filtrdan o‘lchov silindriga o‘tkaziladi. Qalampir ekstraktini tayyorlash bilan parallel holda darajalash (kalibrlash) grafigi tuzish uchun ishlatiladigan eritma tayyorlanadi. Uning uchun hajmi 1 l bo‘lgan o‘lchov kolbasiga kristal holdagi K 2 Cr 2 O 7 dan analitik tarozida 0,72 mg o‘lchab olinadi va distillangan suv bilan aralashtirilib, 24 soat davomida qorong‘i joyda qoldiriladi. Qoldirishdan oldin kolba distillangan suv bilan o‘lcham belgisigacha yetkaziladi. Ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin 20 dona toza va quritilgan o‘lchov (10 ml) probirkalari olinib, birinchi probirkaga K 2 Cr 2 O 7 eritmasidan 10 ml, qolganlarining har biriga undan oldingisiga nisbatan 0,5 ml dan kam eritma quyilib chiqiladi. Keyin har bir probirkaning hajmi distillangan suv bilan 10 ml gacha yetkaziladi (15- jadval). Kolorimetr yordamida har bir eritmaning optik zichligi aniqlanadi. Keyin esa optik zichlik koordinataning gorizontal, zichlikning har bir ko‘rsatkichiga to‘g‘ri keladigan karotin miqdori esa vertikal o‘qiga o‘tkaziladi. Agar karotin miqdorlarini ko‘rsatuvchi nuqtalar uzluksiz chiziq bilan birlashtirilsa, ma’lum bir ko‘rsatkichga ega bo‘lgan kolorometrik grafik (shkala) hosil bo‘ladi. Ma’lumotlarning yuqori aniqlik darajasini ta’minlash uchun shkala millimetrli qog‘ozda tuziladi. 15-jadval Kolorometrik shkala tuzish uchun kerakli ma’lumotlar Probirka, N Asosiy eritma hajmi, ml Suv hajmi, ml Karotin miqdori, g/ml 1. 10,0 0,0 0,004160 2. 9,5 0,5 0,003959 3. 9,0 1,0 0,003744 4. 8,5 1,5 0,003536 5. 8,0 2,0 0,003328 6. 7,5 2,5 0,003120 7. 7,0 3,0 0,002912 8. 6,5 3,5 0,002704 9. 6,0 4,0 0,002496 10. 5,5 4,5 0,002288 11. 5,0 5,0 0,002080 12. 4,5 5,5 0,001872 213 13. 4,0 6,0 0,001664 14. 3,5 6,5 0,001456 15. 3,0 7,0 0,001248 16. 2,5 7,5 0,001040 17. 2,0 8,0 0,000832 18. 1,5 8,5 0,000624 19. 1,0 9,0 0,000416 20. 0,5 9,5 0,000208 Kolorimetrik grafik tuzilgandan keyin qizil qalampirning xloroformdagi eritmasidan karotin miqdori aniqlanadi. Uning uchun efir ekstraktining optik zichligi kolorimetr orqali o‘lchanadi. Aniqlash uslubi qo‘yidagicha: topilgan ekstrakt zichligiga qarab, grafikdan ekstraktdagi karotin miqdori aniqlanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling