Oziq-ovqat kimyosi


Vitamin bilan boyitilgan non tarkibidagi C-vitamini miqdorini


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
Vitamin bilan boyitilgan non tarkibidagi C-vitamini miqdorini 
aniqlash (jadallashtirilgan uslub) 
C-vitamining 
miqdorini 
aniqlash 
uslubi 
indikator-2,6-
dixlorfenolindofenol (Tilmans bo‘yog‘i) natriyli tuzining C-vitamin 
(askorbin kislotasi) ishtirokida qaytarilishiga asoslangan. Indikator 
(Tilmans bo‘yog‘i) qaytarilganda uning rangi ko‘kdan qizilga o‘tadi. 
Reaksiya natijasida C-vitamin oksidlanib, degidroaskorbin kislotaga 
aylanadi. Demak, C–vitaminning miqdorini aniqlash uning oksidlanish-
qaytarilish reaksiyasida ishtirok etishiga asoslangan. 
C-vitaminni aniqlash uchun qattiq o‘simlik donlari (na’matak, 
donlar) kofe maydalagichdan o‘tkaziladi, qolgan mahsulot turlari esa 
farfor havonchada maydalab eziladi va aralashtiriladi. Shundan keyin 
C-vitaminni aniqlash uchun namuna olinadi. Tajriba uchun olingan 
namuna miqdori mahsulotdagi C-vitaminining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, 
3 g dan 60 g gacha bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Temir shtativ qistirgichlari bilan. 
2. Farfor havoncha dastasi bilan, Ø 9-12 sm. 
3. 2-5 ml li mikrobyuretka. 
4. 50 va 100 ml li konussimon kolbalar.
5. 1, 2, 5, 10 va 15 ml li pipetkalar. 
6. 100, 150 va 250 ml li kimyoviy stakanlar.
7. Shisha voronka (Ø 15 sm). 
8. Shisha tayoqcha. 
9. 25 va 50 ml li o‘lchov silindrlari.


214 
10. 0,0005 mol/dm

li 2,6-dixlorfenolindofenolning natriyli tuzi 
eritmasi. 
11. 2 % li xlorid kislota eritmasi. 
Bajarish texnikasi. Kimyoviy stakanga ezilgan nondan 60 g 
namuna olinib, uning ustidan uch marta ko‘p miqdordagi xlorid kislota 
eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtirilgandan keyin C-vitaminning 
suyuqlikka tez erib chiqishi uchun 10 daqiqa qoldiriladi. Keyin eritma 
paxta filtri orqali filtrlanadi. Filtratning ma’lum qismi (masalan, 5 ml) 
pipetka yordamida konussimon kolbaga olinadi. Keyin uning ustidan 
xlorid kislota eritmasidan yana 1 ml solib, distirlangan suv bilan 
kolbadagi eritma (filtrat) hajmi 15 ml ga yetkaziladi va shtativga 
o‘rnatilgan byuretka orqali Tilmans bo‘yog‘i standart eritmasi bilan 
titrlanadi. Titrlashda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun Tilmans bo‘yog‘i 
eritmasi tomchilatib quyiladi. Titrlash 1 daqiqa davomida so‘nmaydigan 
qizil 
rang 
hosil 
bo‘lguncha 
davom 
ettiriladi 
va 
2,6-
dixlorfenolindofenolning sarf bo‘lgan hajmi aniqlanadi.
Asosiy tajriba bilan parallel yoki undan keyin nazorat tajribasi 
o‘tkaziladi. Uning uchun konussimon kolbaga 2 % li xlorid kislota 
eritmasidan 1 ml olinadi va uning hajmi distillangan suv bilan 15 ml ga 
yetkaziladi. Keyin esa 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasi bilan titrlanadi 
va indikatorning sarf bo‘lgan miqdori yozib olinadi. C-vitaminning 
miqdori (mg/100g) quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
m
V
V
V
V
K
X
2
1
0
100
088
,
0
)
(






bunda
X
- C-vitamin miqdori, mg/100g;
K
- 2,6- dixlorfenolindofenol 0,0005 mol/ml li eritmasining 
titri;
V
- 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasining asosiy tajriba uchun 
sarflangan hajmi, ml;
0
V
- 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasining nazorat tajriba uchun 
ketgan hajmi, ml;
1
V
- titrlash uchun ishlatilgan aralashma (filtrat +
HCl

distillangan suv) hajmi, ml;

2
V
titrlash uchun olingan filtrat hajmi, ml; 
m
- namuna vazni, g. 
Suyuq mahsulotlarda C-vitamin miqdorini xlorid kislotasi 
solinmasdan aniqlashda quyidagi formula ishlatiladi: 


215 
2
0
100
088
,
0
)
(
V
V
V
K
X




bunda
2
V
- titrlash uchun olingan suyuq mahsulot hajmi, ml. 
Boshqa shartli belgilar yuqorida keltirilgan formulada ko‘rsatilgan. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling