Oziq-ovqat kimyosi


Riboflavinning rangli reaksiyasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Riboflavinning rangli reaksiyasi 
 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Pipetkalar . 
2. Probirka . 
3. Riboflavin eritmasi. 
4. Konsetrlangan xlorid kislota.
5. Rux metali . 
Bajarish texnikasi. Toza probirkaga 0,025 % li riboflavin 
eritmasidan 10 tomchi olinadi, uning ustiga probirka devori orqali 5 
tomchi konsentrlangan xlorid kislotasi tomiziladi va rux metalining 
kichik bo‘lakchasi tashlanadi. Rux metali solinganda muhitdan vodorod 
ajralib chiqa boshlaydi va reaksiyaning oxirida eritmaning sariq rangi 
yo‘qoladi va u rangsizlanadi. 


211 
Riboflavinning 
borligini 
aniqlash 
reaksiyasi 
uning 
avval 
rodoflavingacha (qizg‘ish rangli), keyin esa leykoflavingacha (rangsiz) 
qaytarilishiga asoslangan. 
Ergokalsiferolning sifat reaksiyasi 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Probirkalar . 
2. Pipetkalar. 
3. Bromning xloroformdagi eritmasi. 
4. Baliq moyi. 
Bajarish texnikasi. Toza probirkaga baliq moyidan 2-3 tomchi 
olinib, uning ustiga 2-4 tomchi bromning xloroformdagi eritmasidan 
tomiziladi 
va 
aralashtiriladi. 
Bunda 
baliq 
moyi 
tarkibidagi 
ergokalsiferolning brom bilan birikishi natijasida eritmaning rangi 
so‘nadi. 
 Rangli reaksiyalarning natijalari 14- jadvalga kiritilib, har bir 
vitaminning beradigan rangli (rangsiz) reaksiyasi bo‘yicha kerakli 
(sabablarini ko‘rsatib) xulosalar chiqariladi.
14-jadval 
Vitaminlar sifat reaksiyalarining natijalari 
Tekshirilayotgan vitaminlar 
Kuzatilgan rang 
O‘zgarish sababi 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling