Oziq-ovqat kimyosi


Polisaxaridlarning rangli reaksiyalari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Polisaxaridlarning rangli reaksiyalari 
Polisaxaridlar ham monosaxaridlarning angidridi hisoblanadi, lekin 
ular juda ham ko‘p monosaxaridlardan tashkil topgan. Eng asosiy 
polisaxaridlar geksozalardan tuzilgan. 
 
Kraxmalning rangli reaksiyasi 
Bajarish texnikasi. Tozalanib quritilgan probirkaga kraxmalning
1 % li eritmasidan 2 ml olinadi va unga bir tomchi lyugol eritmasidan 
qo‘shiladi. Kraxmal eritmasi ko‘k rang beradi. Agar ko‘k rangli eritma 
qizdirilsa, uning rangi yo‘qoladi, sovugandan keyin esa yana paydo 
bo‘ladi. Ko‘k rangning paydo bo‘lishi eritmada kraxmal borligidan 
darak beradi. 
 
Kraxmalning kolloid xossalari 
Bajarish texnikasi. Quritilgan va toza uchta probirkaga 
karaxmalning 1 % li eritmasidan 2 ml dan olinadi. Birinchi probirkaga
to‘yinguncha ammoniy sulfat kristallari solinadi. Diqqat bilan qaralsa, 
erimay qolgan ammoniy sulfat kristallari sirtida kraxmal cho‘kmasi 
kuzatiladi. Bu esa kraxmal kolloid holatining buzilganidan darak beradi. 
Ikkinchi probirkadagi kraxmal eritmasi ustiga etil spirti qo‘yiladi va 
yorug‘da diqqat bilan kuzatiladi. Bu yerda ham kraxmal cho‘kmaga 
tushadi. Kraxmal eritmasi solingan uchinchi probirkaga efir 
qo‘shilganda ham kraxmalning cho‘kmaga tushishi kuzatiladi. 


206 
Shakarlar konsentratsiyasi va shirinlik darajasini aniqlash 
 Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. 250 ml li o‘lchov kolbalari. 
2. 50 ml li stakanlar. 
3. Saxaroza. 
4. Fruktoza. 
5. Glyukoza . 
Bajarish texnikasi. Uning uchun toza yuvilgan va quritilgan 5 ta 
250 ml li o‘lchov kolbalari olinadi. Kolbalar raqamlangandan keyin,
ularning tartib nomerlariga rioya qilmasdan birinchi kolbaga 375, 
ikkinchisiga 625, uchinchisiga 875, to‘rtinchisiga 1125, beshinchisiga 
1625 mg shakar, oltinchisiga esa faqat distillangan suv solinib, kolbalar 
u bilan o‘lchamigacha yetkaziladi. Kolbalarni tebratish yo‘li bilan 
shakar yaxshilab eritiladi. Qaysi kolbaga necha grammdan shakar va 
qaysisiga distillangan suv solinganligi yozilib qo‘yiladi.
Keyin har bir kolbadan 50 ml dan suyuqlik stakanlarga quyiladi. 
Bu yerda ham qaysi kolbadan qaysi stakanga eritma solinganligi yozib 
olinadi. Suyuqlik solingan stakanlar talabalar guruhiga beriladi. 
Stakanlarda suyuqlik ta’mini laboratoriya ishini bajaradigan kichik 
guruhlarning har bir a’zosi tatib ko‘radi. Talabalardan qaysi stakanda 
birinchi bo‘lib suyuqlikning shirin ta’mini sezganligini belgilash va 
suyuqlik ta’mining o‘sib borishi bo‘yicha stakanlarning tartibini 
belgilash talab qilinadi. 
Eritmalardagi shakar ta’mini aniqlash natijalari 12-jadvalga 
kiritiladi. 
12-jadval 
Saxaroza eritmasining shirinlik darajasini aniqlash natijalari 
Stakanlarning 
tartib raqami
Birinchi marta shirin ta’m 
qaysi raqamli stakandagi 
suyuqlikda sezildi 
Shakar konsentratsiyasining 
o‘sib borishi bo‘yicha 
stakanlarning tartib raqamlari

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling