Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
R f = a/b, bunda f R - taqsimlanish koeffitsienti; a – aminokislotaning start chizig‘idan bosib o‘tgan yo‘li; b – erituvchi bosib o‘tgan yo‘l. “Silufol” plastinkasiga mikropipetka yordamida ishlatilayotgan eritma va nishon tomiziladi. Namuna tomizilganda sorbent (silikagel va kraxmallar bog‘lovchi sifatida ishlatiladi) qavati buzilmasligi kerak. Tomchilar start chizig‘ida (rasmga qarang) shunday joylashtirilishi kerakki, ularning orasidagi masofa 2 sm dan kam bo‘lmasin.Plastinka oldindan (2 soat oldin) suv bilan to‘yintirilgan fenol yoki 4:1:5 nisbatda olingan butanol:sirka kislota:suv aralashmasining ustki qismi solingan germetik yopiladigan kameraga joylashtiriladi. 190 Plastinkaning pastki qismi suyuqlikka 5 mm botirilib turishi lozim. Kamerada plastinka 15-30 minut davomida turishi kerak. Bu vaqt davomida erituvchi 80-100 mm ga ko‘tariladi. Shundan keyin plastinka pinset yordamida kameradan olinadi va ningidrinning atsetondagi 0,1 % li eritmasi uning yuzasiga purkaladi. Dog‘larning paydo bo‘lishi uchun plastinka 10 minut davomida 110 O C haroratli quritish shkafiga joylashtiriladi. Bunda tekshirilayotgan aralashmadagi u yoki bu aminokislota binafsha rangli dog‘ni hosil qiladi. Nishonlar dog‘lari holatini solishtirib, tekshirilayotgan aralashmadagi u yoki bu aminokislotaning borligi aniqlanadi. Aminokislotalarning f R qiymatlari keltirilgan formula yordamida aniqlanadi va aniq moddalar bo‘yicha olingan qiymatlar bilan solishtiriladi. Oqsillar bir-birlaridan ular molekulasidagi aminokislotalar ketma- ketligi bilan farq qiladi. Har qaysi oqsil ma’lum aminokislotalar ketma- ketligiga ega va ular xilma-xildir. Oqsilning aminokislotalar tarkibi u kislotali (6 N li xlorid kislota ishtirokida 24 soat davomida 110 O C da qizdirish) yoki ishqoriy (2-4 N li natriy gidroksid eritmasi ishtirokida 8-12 soat davomida qaynatish) muhitda, yoki bo‘lmasa fermentlar yrdamida gidrolizlanganidan keyin aniqlanadi. Gidroliz natijasida olingan aminokislotalar xromatografiya (gaz-suyuqlik, yupqa qavat yoki ion-almashinish) usullari yordamida ajratiladi. Ajratilgan aminokislotalar qizdirilganda ningidrin bilan ravshan ko‘k rang hosil qiladi. Rangning hosil bo‘lishi aminokislota borligidan darak beradi. Oqsil yoki peptiddagi chetki (konsevoy) aminoguruhni aniqlash uchun u amin guruhi azoti bilan barqaror kovalent bog‘ hosil qiluvchi birikma, masalan, dinitrofenilbenzol bilan nishonlanadi. Oqsillarning tuzlanishiga ularning suvli eritmalardan ishqoriy va ishqoriy yer metallari tuzlarining konsentrlangan eritmalari bilan ajratib olish deyiladi. Bu tuzlar konsentrlangan eritmalaridan ko‘p miqdorda oqsil eritmasiga qo‘shilganda oqsil zarrachalari degidratlanadi va zaryadsizlanadi. Natijada oqsil cho‘kmaga tushadi. Oqsillarning cho‘kishi tuzlar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘kish jarayoni cho‘ktiruvchining ion kuchiga va oqsil molekulasi zarrachasining o‘lchamiga boqliq. Masalan, albuminga nisbatan yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan globulin albuminga qaraganda oson cho‘kadi. Sutda kazein eriydigan kalsiyli tuz holida bo‘ladi. Kislota qo‘shilganda kalsiy kazeinat parchalanadi va erkin holda cho‘kmaga 191 tushadi. Oshiqcha miqdorda olingan kislota cho‘kma hosil bo‘lishiga xalaqit beradi, chunki pH ning izoelektrik (kazeinning izoelektrik nuqtasi pH=4,7) nuqtasidan past qiymatlarida oqsil molekulalari qayta zaryadlanadi (oldingi qismga qarang) va kazein eriydi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling