Oziq-ovqat kimyosi
Aminokislotalarning rangli reaksiyalarini o‘rganish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Aminokislotalarning rangli reaksiyalarini o‘rganish
Kimyoviy priborlar va reaktivlar (3.1.3.1-3.1.3.4): 1. Shisha probirka. 2. Pipetka. 3. Suv elektr hammomi. 4. 1 % li glikokol eritmasi. 5. 0,1 % li ningidrin eritmasi. 6. Konsentrlangan nitrat kislota. 7. Millon reaktivi. 8. 1 % li triptofan eritmasi. 9. Konsentrlangan sirka kislota. 10. Konsentrlangan sulfat kislota. Ningidrinning glitsin bilan reaksiyasi Bajarish texnikasi. Toza probirkaga 1 % li gliko-kol (glitsin) eritmasidan 10 tomchi va 0,1 % li ningidrin eritmasidan esa 5-6 tomchi solinadi. Eritmalar yaxshi aralashtirilgandan keyin suv hammomida ko‘k-qizil rang paydo bo‘lgunga qadar qizdiriladi. Qizdirishdan olingan natija 5-jadvalda yoziladi. 183 Tirozinning nitrat kislotasi bilan reaksiyasi Bajarish texnikasi. Toza probirkaga 1 % li tirozin eritmasi va konsentrlangan nitrat kislotadan 10 tomchidan olinadi. Aralashma sariq rang paydo bo‘lgunga qadar qizdiriladi. Keyin probirka kran suvi sharsharasi ostida sovutiladi va unga ehtiyotlik bilan bir tomchi ammiak eritmasi qo‘shiladi. Tajriba natijalari 5-jadvalda qayd etiladi. Tirozinning Millon reaktivi bilan reaksiyasi Bajarish texnikasi. Toza probirkaga 1 % li tirozin eritmasidan pipetka yordamida 1-2 ml olib, uning ustiga 1 ml Millon reaktividan qo‘shiladi. Probirkadagi aralashma gorelka yoki issiqlikning boshqa manbai ustida qizil-binafsha rang hosil bo‘lguncha qizdiriladi. Tajriba natijalari 5-jadvalga yoziladi. Triptofanning sirka kislota bilan reaksiyasi Bajarish texnikasi. Toza probirkaga pipetka yordamida 1 % li triptofan eritmasidan 10 tomchi va ikki baravar ko‘p miqdorda konsentrlangan sirka kislota qo‘shiladi. Keyin probirkadagi aralashma qaynash darajasigacha qizdiriladi va tez sovutiladi. Sovutilgan aralashmaga probirka devori bo‘ylab 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, kislota aralashmasdan probirkaning tubiga oqib tushishi kerak. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin sulfat kislota bilan triptofan eritmasining chegarasida qizil-binafsha rang paydo bo‘ladi. Tajriba natijalari 5- jadvalga kiritiladi. 5-jadval Aminokislotalar sifat reaksiyalarining jadvali Aminokislota Aminokislota formulasi Reaktiv Tajribani bajarish sharti Rangi Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling