Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monoaminokarbon kislotalarning ishqorlar bilan tuz hosil qilishi Bajarish texnikasi
Kimyoviy priborlar va reaktivlar (3.1.3.1-3.1.2.3): 1. Pipetka. 2. Probirka. 3. 1 % li alanin eritmasi. 4. Kongo indikatori. 5. 0,1 % li xlorid kislota eritmasi. 6. 0,1 % li glitsin eritmasi. 7. 1 % li glitsin eritmasi. 8. Fenolftalein. 9. Gaz yoki spirt gorelkasi. 10. 0,1 % li natriy gidroksid eritmasi. 11. Shpatel. 12. Mis (II)-karbonat, 3 CuCO . Monoaminokarbon kislotalarning kuchli kislotalar bilan tuz hosil qilishi Bajarish texnikasi. Shisha probirkaga glitsinning 1 % li eritmasidan 10 tomchi tomiziladi. Keyin esa juda ehtiyotlik bilan kongo indikatori bilan ko‘k rangacha bo‘yalgan xlorid kislotaning 0,1 % li eritmasidan aminokislota eritmasiga, uning rangi och qizildan to‘q qizilga o‘tguncha tomchilatib qo‘shiladi. Aminokislotaning xlorid kislota bilan reaksiyasi natijasida glitsinning vodorod xloridli tuzi hosil bo‘ladi. Monoaminokarbon kislotalarning ishqorlar bilan tuz hosil qilishi Bajarish texnikasi. Shisha probirkaga alaninning 1 % li eritmasidan 10 tomchi tomiziladi. Keyin eritma ustiga fenolftalein indikatori bilan och qizil ranggacha bo‘yalgan natriy gidroksidning 0,1 % li eritmasidan rang yo‘qolguncha tomiziladi. Aminokislota natriy gidroksidi bilan reaksiyaga kirishib, alaninning natriyli tuzini hosil 182 qiladi. Uning natijasida aralashmaning ishqoriy muhiti pasayib ketadi va fenolftalein rangsizlanadi. Aminokislotalarning og‘ir metall ionlari bilan reaksiyasi Bajarish texnikasi.Toza probirkaga pipetka yordamida glitsinning 1 % li eritmasidan 5 ml solinadi va uning ustiga shpatel yordamida yoki zanglamaydigan pichoq uchida kukun holidagi mis (II)-karbonatdan qo‘shiladi. Mis (II)-karbonatni eritish uchun probirka gaz yoki spirt gorelkasi ustida qizdiriladi va qizdirish davrida probirka silkitib turiladi. Agar mis (II)-karbonat to‘liq erib ketsa, ozgina undan yana qo‘shilib, qaynatiladi. Uni qo‘shish va qaynatish to‘yingan eritma hosil bo‘lguncha davom ettiriladi. Erimay qolgan qoldiq ustidagi hosil bo‘lgan to‘yingan eritma ikkinchi toza probirkaga quyib olinadi va kran suvi sharsharasi ostida tezda sovutiladi. Sovutilgan probirkaning tubiga glitsinning misli tuzi cho‘kma holida tushadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling