Oziq-ovqat kimyosi


 Xavfsizlik texnikasi talablari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
13.3.1. Xavfsizlik texnikasi talablari 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari kimyosi fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda turli xil kimyoviy reaktivlar, shisha idish 
va asbob-uskunalardan foydalaniladi. Agar kimyoviy reaktivlar odam 
terisiga sachraganda, to‘kilganda yoki anorganik kislotalar va 
ishqorlarning bug‘lari dimoqqa tekkanda uning sog‘ligi va ustki kiyim-
kechaklariga zarar keltirishi mumkin. Shu boisdan ham laboratoriya 
mashg‘ulotlarini boshlashdan oldin talabalar oq xalat, rezina qo‘lqoplar, 
himoyalovchi ko‘zoynak va maskalar bilan ta’minlanishlari kerak. 
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tmagan va undan xabari yo‘q 
talaba darsga qo‘yilmaydi.
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha talabalarga ko‘rsatma berish 
ma’suliyati laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan o‘qituvchi 
(master) zimmasiga yuklatiladi. Berilgan ko‘rsatma natijalari maxsus 
jurnalda qayd qilinadi va talabalar imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda kimyoviy reaktiv va 
idishlardan tashqari elektr toki, gaz va spirtda ishlaydigan turli asbob-
uskuna va apparatlar qo‘llaniladi. Kimyoviy reaktivlar, idishlar va elektr 
tokida, gazda, spirtda ishlaydigan pribor va apparatlarni qo‘llash 
bo‘yicha xavfsizlik talablari ushbu qo‘llanmada qisqacha keltirilgan. 
13.3.2. Kimyoviy reaktivlarni ishlatishda xavfsizlik talablari 
 
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda xavfsizlik texnikasini 
ta’minlash maqsadida talabalarga umumiy va maxsus talablar qo‘yiladi. 
Umumiy talablarning eng muhimlari qo‘yidagilardan iborat: 
 har bir talaba faqat o‘ziga biriktirilgan ish joyida laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarishi, mashg‘ulot vaqtida o‘z joyini toza 
tutishi va dars tamom bo‘lgandan keyin tozalab topshirishi zarur; 
 ishlarni bajarishga kirishishdan oldin laboratoriya idishlarida 
berilgan kimyoviy reaktivlar nomlarining ularning uslubiy 
ko‘rsatmada ko‘rsatilgan nomlariga to‘g‘ri kelishi, elektr toki, gaz 


172 
va spirtda ishlaydigan apparatlarning sozligini tekshirishi va 
kimyoviy idishlarning yetarliligini aniqlashi kerak;
 laboratoriya darsi vaqtida, ayniqsa kuchli kislota va ishqorlar bilan 
ishlash davrida, u yoqdan bu yoqqa yurish, bir-birlarini gap yoki
boshqa narsalar bilan chalg‘itish hamda ovqatlanish man etiladi; 
 kimyoviy moddalar ta’mi va mazasini til orqali tatib hamda kuchli 
anorganik kislota va ishqorlarni hidlab ko‘rish, ularni o‘zining 
idishidan boshqa kimyoviy idishlarga qo‘yish, pipetka yordamida 
og‘iz bilan tortib olish qat’iy man etiladi.
Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash, ularni bir-birlari bilan 
aralashtirish va qizdirishda qo‘yidagi maxsus talablar qo‘yiladi: 
 kislota, ishqor va boshqa zaharli moddalarni idishlardan olishda 
faqat naysimon rezinali idishga o‘rnatilgan shisha pipetka 
(naycha, o‘lchov naychalari) lardan foydalanish shart; 
 kukunsimon kimyoviy moddalar faqat kichik hajmli idishlarda 
(byuks, shisha soat oynalari) o‘lchanib olinishlari lozim, tarozi 
pallasiga to‘kib, o‘lchab olish qat’iyan man qilinadi; 
 suyuq moddalar solingan kolbalar va idishlarni chayqatishda 
ularning og‘zini barmoq yoki qo‘l kafti bilan yopib chayqatish 
man etiladi, bunday hollarda maxsus tiqinlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq; 
 konsentrlangan kislota va ishqorlar bilan ishlaganda 
himoyalovchi ko‘zoynak va maskalardan foydalanish lozim, 
chunki ular odam terisiga tushganda, uni kuydirib yuborishi va 
ularning bug‘lari zaharlashlari mumkin. Konsentrlangan 
kislotalarni suv bilan aralashtirishda issiqlikka chidamli idishga 
solingan suvga kislotani tomchilatib qo‘yish kerak; aksini qilish 
mumkin emas; kislotani tomizish davrida suv aralashtirilib 
turiladi. Barcha ishlar mo‘rili shkafda o‘tkaziladi, ular og‘zi 
mahkam yopiladigan idishlarga solinadi va idishning hajmi 80 
% gacha to‘ldiriladi; 
 ichida suyuqligi bor shisha idishlar qizdirilganda ularning og‘zi 
bu jarayonni o‘tkazuvchi va uning yon qo‘shnilaridan qarama-
qarshi tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari 
qizdirish jarayonini idishning og‘zi tomonidan kuzatish man 
etiladi; Qizdirilgan idishlarni ko‘tarish va bir joydan ikkinchi 
joyga olib o‘tishda bir qo‘l bilan idish og‘zidan, ikkinchi qo‘l 
bilan esa idish tubidan ushlash tavsiya etiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling