Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
 
 


165 
XIII BOB. AMALIY VA LABORATORIYA 
MASHG‘ULOTLARI
 
 13.1. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi, mazmuni va ularni 
o‘tkazish tartibi
 
Amaliy mashg‘ulotlar oliy o‘quv yurtlarida ta’limning qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi 
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatda o‘qiyotgan va kasb-hunar 
kollejlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy 
maqsadi amaliy mashg‘ulot o‘qituvchilariga (masterlarga) darsni tashkil 
etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdan hamda 
talabalarga fanning nazariy qismida ko‘rilgan masalalarni amalda 
(tajribada) tasdiqlashda yordam berishdan iborat. Shu sababli ham 
amaliy mashg‘ulotlarga nazariy va amaliy qismlar berilgan. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarning nazariy qismida ko‘rib chiqilgan 
masalalar oliy maktab va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun bir xil. 
Ularning asosiy darslarda (ma’ruza darslarida) o‘qitiladigan 
materiallardan farqi shundan iboratki, nazariy materiallarning mazmuni 
har bir bo‘lim bo‘yicha qisqacha keltirilgan. Uning asosiy sababi 
shundan iboratki, birinchidan, tajriba natijasida olingan ma’lumotlarni 
isbotlash va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarish, ikkinchidan, 
talabalarning asosiy darslarda olgan bilimlarni yanada mustahkamlash 
uchun kerak bo‘ladi. 
Har bir bo‘lim uchun nazariy materiallar kabi amaliy mashg‘ulotlar 
ham alohida keltirilgan. Bo‘lim sifatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
asosiy tarkibiy qismlarining (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar) 
nomlari qabul qilingan.
Amaliy mashg‘ulatlarning soni bakalavriat va kasb-hunar kollejlari
o‘quv standartlarida ko‘rsatilgan o‘quv soatlari hajmidan ham ko‘proq 
nazarda tutilgan. Bu esa kerakli laboratoriya mashg‘ulotlarini tanlab 
o‘tkazishga imkon beradi. 
Laboratoriya ishlari tematikasida sifat reaksiyalarini o‘tkazish 
hamda kimyoviy moddalar miqdorini aniqlash ishlari nazarda tutilgan. 
Bu nafaqat izlanayotgan moddalarning borligini, hatto ularning 
miqdorini ham aniqlashga imkon beradi. 
Har bir amaliy ishni bajarishning boshlanishida uning uchun kerak 
bo‘ladigan kimyoviy idishlar, reaktivlar va boshqa asbob-uskunalarning 
nomlari keltirilgan. Keyin ushbu ishni bajarish texnikasi yozilgan. Har 
bir amaliy mashg‘ulot 4 akademik soatga mo‘ljallangan. 


166 
Laboratoriya ishlarining natijalari va ular bo‘yicha xulosalar 
chiqarishga ko‘p vaqtni sarflamaslik maqsadida natijalar avval xomaki 
qo‘lyozma sifatida yozilishi va dars tamom bo‘lgandan keyin esa 
maxsus laboratoriya ishlari daftarida rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan. 
An’anaga ko‘ra birinchi amaliy mashg‘ulot texnika xavfsizligini 
ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling