Oziq-ovqat kimyosi


 Moddalarning zaharligini aniqlash


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

12.4. Moddalarning zaharligini aniqlash 
 
Moddalarni zaharliligini miqdoriy aniqlash qiyin bo‘lib, ko‘p 
yondoshuvlarni talab etadi. 
Zaharliylikni tavsiflashni 2 usuli bor -LD
50
va LD
100
. LD — tajriba 
hayvonni (50 yoki 100%) o‘limiga olib keladigan moddaning miqdori 
tushiniladi.
Zaharligiga qarab quyidagicha sinflanish qabul qilingan (LD
50
kalamushga peroral usulda kiritilganda, mg/kg): 


162 
 O‘ta zaharli ........................< 5 
 Kuchli zaharli...................... 5-50 
 Zaharli ........................... 50—500 
 Kam zaharli.................... 500—5000 
 Zaharsiz ................... 5000—15 000 
 Umuman zararsiz ......... > 15 000 
Toksikologik kriteriyaga ko‘ra BMT va boshqa uyushmalar quyidagi 
ko‘rsatkichlarni qabul qilishgan: PDK, DSD va DSP. 
PDK (“predelno-dopustimaya konsentratsiya” - ruxsat etilgan 
konsentratsiya chegarasi) — yot moddalarni atmosferadagi, suvdagi, oziq-
ovqat mahsulotlari tarkibidagi insonlar uchun zararsiz miqdori.
DSD (“dopustimaya sutochnaya doza”) - ruxsat etilgan kundalik 
me’yor bo‘lib insonga umr bo‘yicha zarari bo‘lmaydi. DSP (“dopustimoe 
sutochnoe potreblenie” – ruxsat etilgan kundalik iste’moli) — ko‘rsatkich 
60 kg massaga nisbatan beriladi. 
Toksik elementlar. Toksik elementlarga 14 element kiradi: Hg, Rb, 
Cd, As, Sb, Cr, Zr, A1, Be, Fe, Cu, Ba, Sr, T1. Bu elementlar zaharli 
bo‘lib, ba’zilari insonni normal faoliyati uchun zarur. 
Bular ichida eng zaharli simob (Hg), qo‘rg‘oshin (Rb), kadmiy (Cd) 
hisoblanadi. 
Simob. Simob — eng xavfli va zaharli element hisoblanadi. 
PDK: 0,0003 mg/m
3
havoda va 0,0005 mg/l suvda. Qond tarkibida 
xavfsiz miqdori 50—100 mkg/l. Inson 1 kunda 0,05 mg simobni qabul 
qiladi. 
Inson organizmi simobni baliq mahsulotlaridan oladi.
Qo‘rg‘oshin. Eng ko‘p tarqalgan element bo‘lib xavfli toksikant 
hisoblanadi. 
Oziq-ovqat mahsulotlar tarkibidag kadmiyni miqdori quyidagicha: 
donli mahsulotda 28—95, no‘xatda 15— 19, loviyada 5—12, kartoshka 
12—50, karamda 2—26, pomidorda 10—30, ho‘l mevalarda 9-42, 
O‘simlik yog‘ida 10-50, shakarda 5-31, zamburug‘larda 100-500; hayvon 
mahsulotlarida: sutda — 2,4, tvorogda — 6,0, tuxumda 23— 250.
Inson organizmiga 80% kadmiy ozuqa orqali o‘tadi, 20% 
atmosferadan o‘tadi. O‘pka orqali 150 mkg/kg va chekish orqali1,5-2,0 
mkg/kg o‘tadi. 
Alyuminiy. Inson organizmiga alyuminiy asosan alyuminiy idish-
tovoqlardan, suvdan o‘tadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ichida choyda 
alyuminiyni miqdori ko‘proq bo‘ladi (20 mg/g). 
Surma. 
Surma 
toza 
element 
sifatida 
faqat 
yuqori 
konsentratsiyalarida zaharli hisoblanadi. Yer qatlamida — 2 mg/kg, dengiz 


163 
suvida — 5 mkg/kg bo‘ladi. Xavf soluvchi manbai sifatida qo‘ng‘ir 
ko’mirda ishlovchi elektrostansiya, mis quyish korxonalari yarim 
o‘tkazgich, shisha quyish, insektitsid, fungitsid ishlab chiqaruvchi 
korxonalar hisoblanadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling