Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3. Oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantiruvchi asosiy manba
1-tadbir. Xavfli omillarni yuzaga chiqarish va nazorat tadbirlarini
aniqlash. Zarur holatlarda quyidagilarni aniqlash yotadi: xomashyoni tarkibi va komponentlari, hamda mahsulotlarni xavfsizligiga va barqarorligiga ta’sir etadigan ko‘rsatkichlar; xavfli omillarga ta’sir etuvchi va hosil qiluvchi ishlab chiqarish sharoitlari va ko‘rsatkichlari; qayta kimyoviy moddalar va mikroorganizmlar bilan zararlanishi; xaridor amaliyotida muzdan tushirish, (isitish, qaynatish va boshq.) qo‘llash; Xavfli guruhlar (umumiy ovqatlanish tizimi, bolalar, qariyalar, immun tizimi buzilgan insonlar, boshqa kasallar). 2-tadbir. Kritik nazorat nuqtasini aniqlash. Har bir xavfli omillarga har bir bosqichda quyidagi savollarga javob berish kerak: 160 o‘rganilayotgan xavfli omil xomashyoda va uni qayta ishlashda paydo bo‘lishi mumkinmi? mahsulot xavfsizligi bo‘yicha xomashyo tarkibi yoki mahsulot retsepti hal qiluvchi ahamiyatga egami? tayyor mahsulotlar tarkibidagi xavfli omillar darajasini yoki ularni ko‘payishini kamaytirish texnologik jarayonlar ta’minlaydimi? Qayd etilgan 2-tadbirdan tashqari XOKNK spesifikatsiyani, monitoring tizimini, kamchiliklarni yo‘qotish va tekshirish tizimini o‘z ichiga oladi. 12.2. Yot moddalarni klassifikatsiyasi va mahsulotlarga tushish yo‘llari Ozuqa mahsulotlariga kimyoviy yot moddalar atrof muhitdan yoki texnologik jarayonlarda jihozlar bilan ta’sirlanganda tushishi mumkin. Bundan tashqari xomashyo tarkibida va tayyor mahsulotlarda inson sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi tabiiy moddalar bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun zararli va yot moddalarni sinflanish sxemasi 24- rasmda keltirilgan. 12.3. Oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantiruvchi asosiy manba Mahsulotlarni zaharli moddalar bilan ifloslanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri atrof muhitni ifloslanish darajasiga bog‘liq. Inson o‘zini hayot faoliyatida biosferaga turli xil zaharli bo‘lgan ksennobiotiklarni chiqaradi.Bular inson salomatligiga chuqur tahdid solyapti va ekologik katastrofaga xavf solyapti. Atrof muhitdan oziq- ovqat orqali inson organizmiga tushadigan ksenobiotiklarni sxemasi 25- rasmga keltirilgan. Ksenobiotiklar atrof muhitga o‘tib insonlarni antropogen faoliyati tufayli tuproqda, suv havzalarida yig‘iladi. Oziq-ovqat zanjiri orqali inson organizmiga tushadi va salomatlikka ta’sir etadi. 161 24-rasm. Atrof muhitdan oziq-ovqat orqali inson organizmiga tushadigan ksenobiotiklarni sxemasi 25-rasm. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun zararli va yot moddalarni sinflanishi sxemasi Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling