Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

11.2. Konservantlar 
Konservantlar — oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatini 
uzaytiradigan, mikroorganizmlarni (bakteriyalarni, zamburug‘larni, 
achitqilarni) rivojlanishini to‘xtatadigan moddalarga aytiladi. 
Antimikrob moddalar bakteritsid xossaga (bakteriyalarni o‘ldirish 
xususiyatiga) yoki bakteriostatik xossaga (bakteriyani o‘ldirmasdan 
rivojlanishiga 
to‘xtatish 
xususiyatiga), 
fungistatik 
(zamburug‘ni 
rivojlanishini to‘xtatishga) yoki fungitsid (zamburug‘larni o‘ldirish 
xususiyatiga) xossalariga ega bo‘ladi. 
Oziq-ovqat sanoatida qo‘llashga ruxsat etilgan konservantlarga 
qo‘yidagilar kiradi. 
Sorbin kislotasi ................................ E200 
Sorbat natriy ...................................... E201 
Sorbat kaliy ....................................... E202 
Sorbat kalsiy ..................................... E203 
Benzoy kislota .................................. E210 
Benzoat natriy .................................. E211 
Benzoat kaliy ......................................E212 
Benzoat kalsiy .................................... E213 
Ularni samaradorligi va qo‘llash uslublari, ularni kimyoviy 
tabiatiga, pH muhitiga bog‘liq. Ko‘pchilik konservantlar kislotali 


154 
muhitda samarasi kuchli. pH muhit ko‘rsatkichini pasaytirish maqsadida 
sirka, olma, sut, limon va boshqa kislotlar qo‘llaniladi. 
Konservantlar odatda konservalashni fizikaviy usullari bilan 
(qizdirish, quritish) birgalikda ishlatiladi. Bu energiyani tejashga imkon 
beradi. Konservantlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
 keng ta’sir etish spektriga; 
 mikroorganizmlarga nisbatan samarali; 
 mahsulot tarkibida saqlaguncha o‘zgarmay qolishi kerak; 
 toksinlar hosil qilmasligi; 
 mahsulotni organoleptik xususiyatiga ta’sir etmasligi; 
 qo‘llashga qulay; 
 arzon bo‘lishi kerak. 
Konservantlar quyidagi xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak: 
 fiziologik xavfli; 
 mahsulot komponentlari bilan ta’sirlanishi; . 
 ekologik va toksikologik muammolarni keltirish; 
 ba’zi bir mahsulotlar ishlab chiqarishda mikrobiologik 
jarayonlarga ta’sir etmasligi kerak. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling