Oziq-ovqat kimyosi
Emulgatorlar hamda ozuqa mahsulotlarini ta’miga va
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
10.4. Emulgatorlar hamda ozuqa mahsulotlarini ta’miga va
xushbo‘yligiga ta’sir etuvchi moddalar. Mahsulotga bir xil dispers xususiyatni saqlash uchun qo‘llaniladi. Emulgatorlarni sinflanishi. Anionli, kationli va ionsiz emulgatorlarga sinflanadi. Anionli emulgatorlar yuzasida karboksil va sulfonil gruppalar bo‘ladi. Kationli emulgatorlarda azotli gruppa, ionsiz emulgatorlar yuzasida gidroksil, keto va efirli gruppalar bo‘ladi. 151 Mono-, diatsilglitserinlar va ularni hosilalari, fosfolipidlar, letsitin (E322), sintetik hosilasi ammoniyli fosfatidlar (E442) kiradi. Bundan tashqari qandli moddalarni yog‘ kislotalar bilan olingan efirlar (E473) Mahsulotni ta’miga va xushbo‘yliga quyidagi omillar ta’sir etadi. 1. Xomashyo tarkibi, uni tarkibidagi aromatik moddalar miqdori. 2. Mahsulot tarkibiga qo‘shiladigan moddalar (shirinlashtiruvchi moddalar, efir moylari, aromatizatorlar, osh tuzi, hidli moddalar, ozuqaviy kislotalar, ta’mi va xushbo‘ylikni kuchaytiruvchi moddalar). 3. Mahsulotni qayta ishlashda mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan moddalar. 4. Tayyor mahsulotga qo‘shiladigan qo‘shimchalar; tuz, shirin ta’m beruvchi moddalar, dorivor moddalar, souslar va boshqalar. 5. 10.5. Shirin ta’m beruvchi moddalar hamda mahsulot ta’mini va hidini kuchaytiruvchi moddalar Kraxmaldan olinadigan qandli moddalar. Asal-75% mono- va disaxaridlar (jumladan 40% fruktoza, 35% glyukoza i 2% saxaroza) va 5,5% kraxmal. Vitaminlar (mg 100 g): C -2,0; B 6 -0,1; folatsin-0,015; kam miqdorda -B 1 , B 2 . Mikroelementlardan (mkg): temir-800; yod-2,0; ftor-100; Organik kislotalar-1,2%. Solod ekstrakti-arpa solodini suvli ekstrakti. Aralashma mono- va oligosaxaridlardan (glyukoza, fruktoza, maltoza, saxaroza va boshqalar), oqsillar, mineral moddalar, fermentlardan iborat. Quruq moddalar miqdori 5%. Bolalar uchun konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Laktoza -sut shakari, disaxarid, glyukoza va galaktozadan iborat. Bolalar uchun mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llaniladi Efir moylari. Efir moylari- o‘simliklardan ajratib olinadi. Ozuqaviy aromatizatorlar. Ularni tarkibiga 20-30 dan ortiq moddalar kiradi. Izoprenoidlar va ularni hosilalari limon hidini beradi. Mahsulot ta’mini va hidini kuchaytiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi: Glutamin kislota (S+)-) ................ E620 Glutamat natriy 1-almashingan .... E621 Glutamat kaliya 1-almashingan ... E622 Glutamat kalsiy ......................... E623 152 Glutamat ammoniy 1-almashingan ............ E624 Glutamat magniy ....................... E625 Guanil kislota .................... E626 5'-Guanilat natriy 2- almashingan ........... E627 5'-Guanilat kaliy 2- almashingan ............ E628 5'-Guanilat kalsiy ..................... E629 X Inozin kislota ........................ E630 55'-Inozinat kalsiy ................... E633 5'-Ribonukleotid kalsiy ................. E634 5'-Ribonukleotid natriy 2- almashingan .... E635 Maltol ................................... E636 Etilmaltol ............................... E637 Glitsin ................................... E640 L-leysin ................................. E641 Lizin gidroxlorid ....................... E642 Benzoy smola ........................... E906 «Glutamin effekti» bu yangi terilgan mevalarda va sabzavotlarda paydo bo‘ladi. Guanil kislota E626 va uni tuzlari ta’mni 200-300 marta kuchaytiradi. Inozin kislota E630 va uni tuzlari ta’mni va xushbo‘ylikni kuchaytiruvchi modda. Ular hayvon mahsulotlaridan olinadigan ekstrakt moddalar ta’mini beradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling