Oziq-ovqat kimyosi


 Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va xavfsizlik


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
13.2. Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va xavfsizlik 
texnikasi 
13.2.1. Laboratoriya xodimlarining vazifalari 
 
Ma’lumki, o‘quv fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish 
uchun laboratoriyani tashkil qilish o‘quv muassasalari rahbarlarining 
zimmasiga yuklatiladi. Laboratoriyalar ishini tashkil qilish uchun ular 
tomonidan mutasaddi xodimlar (laboratoriyalar mudirlari, laborantlar va 
preparatorlar) tayinlanadi. 
Laboratoriya 
mashg‘ulotlarining 
samarasi 
xodimlarning 
mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli 
bajarishga, amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchisining o‘quv jarayonini 
tashkil qilish va o‘tkazish mahoratiga hamda talabalarning amaliy 
mashg‘ulotlarga tayyorlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv laboratoriyasining ishini tashkil qilish uchun unga 
birkitilgan laborant yoki laboratoriya mudiri amaliy mashg‘ulotlar 
boshlanishidan 2-3 kun oldin o‘qituvchi bilan birgalikda laboratoriya 
mashg‘ulotining mavzusini, qaysi soatda o‘tilishini aniqlash, keyin esa 
tajriba o‘tkazish uslubi va tajriba natijalarini hisoblash formulalari bilan 
batafsil tanishib chiqishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu 
laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish uchun kerakli 
laboratoriya jihozlari, kimyoviy reaktiv va idishlarni aniqlashi hamda 
laboratoriya jihozlarining ishlashini, laboratoriyada gaz yoki elektr 
tokining borligini, laboratoriyada xavfsizlik texnikasini ta’minlash 
uchun barcha sharoitlarning mavjudligini tekshirib ko‘rishi zarur. 
Laboratoriyada dars o‘tkazish uchun bironta kamchilik yoki 
yetishmovchilik bo‘lganda, darhol kafedra mudirini (bo‘lim boshlig‘ini) 
yoki boshqa ma’sul xodimlarni xabardor qilish va dars boshlanguncha 
kamchilik va yetishmovchiliklar bartaraf etilishi lozim. 
Amaliy 
mashg‘ulotlarni 
tashkil 
qilishning 
asosida 
laboratoriyalarda talabalarning ish joyini kerakli laboratoriya jihozlari, 
kimyoviy idishlar va reaktivlar bilan ta’minlash yotadi. Shu sababli ham 
laboratoriya xodimlari dars boshlanmasdan oldin talabalar ish joylariga 
kerakli bo‘lgan barcha laboratoriya jihozlari, kimyoviy idishlar 


169 
(kolbalar, stakanlar, pestiklar, voronkalar va h. k.) va reaktivlar hamda 
boshqa kerakli narsalarni (filtrlar, shisha tayoqchalar, tigellar, 
probirkalar uchun uskunalar, shtativlar va sh. o‘.) qo‘yib chiqishlari 
zarur. 
Laboratoriya xodimlarining asosiy vazifalaridan yana biri 
o‘qituvchi bilan birga dars jarayonida qatnashib, dars jarayoniga xizmat 
qilishdan (talabalarga uslubiy ko‘maklashish, zaruriy narsalarni topib 
berish, elektr toki va gazda ishlaydigan apparatlar bilan ishlaganda 
ularni ishlash manbalariga ulash va h.z.) iborat. Laboratoriya xodimlari 
dars tamom bo‘lgandan keyin talabalardan laboratoriya jihozlari, 
kimyoviy idish va reaktivlar, tajriba o‘tkazish uchun ishlatilgan boshqa 
jihozlarni va talabalarning ish joylarini qabul qilishlari, laboratoriya 
jihozlarini buzilmaganligini, elektr yoki gaz manbaida ishlaydigan 
apparatlarning (mufel pechi, quritish shkafi, gorelkalar, elektr 
hammomlari 
va 
h.z.) 
talabalar 
tomonidan 
o‘chirilganligini, 
laboratoriyaning umumiy sanitariya holatini qayta tekshirib chiqishlari 
shart. 
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari laboratoriya xodimlarining 
vazifasiga dars tamom bo‘lgandan va talabalar ketgandan keyin 
xonalarning deraza va eshiklarini ochib, shamollatish, undan keyin 
ularni mahkamlash, laboratoriyani kosmetik tozalab chiqish ham kiradi. 
Undan keyin kelgusi laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslublari 
bilan tanishib chiqishlari va unga tayyorgarlik ko‘rib boshlashlari lozim. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling