Oziq-ovqat kimyosi
Takrorlash uchun savollar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX BOB. RANG BERUVCHI MODDALAR KIMYOSI 9.1. Oziq-ovqat mahsulotlariga rang beruvchi moddalar 9.1.1. Go‘sht mahsulotlariga rang beruvchi moddalar
Takrorlash uchun savollar
1. Fermentlarni biologik tabiati qanday? 2. Substrat va ferment konsentratsiyasi reaksiya tezligiga qanday ta’sir etadi? 3. Qanday fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi? 4. Immobillangan fermentlar nima? 136 IX BOB. RANG BERUVCHI MODDALAR KIMYOSI 9.1. Oziq-ovqat mahsulotlariga rang beruvchi moddalar 9.1.1. Go‘sht mahsulotlariga rang beruvchi moddalar Yuqorida qayd qilinganidek, konservalar va ozuqa konsentratlarini tayyorlashda hayvon va o‘simlik mahsulotlari ishlatiladi. Ularning rangi mahsulotning hidiga yoki ta’miga ta’sir qilmasada, asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Iste’molchi birinchi navbatda mahsulot rangiga e’tibor beradi. Mahsulotlar rangining hosil bo‘lishida turli kimyoviy moddalar ishtirok qiladi. Go‘shtning rangi asosan to‘qimalardagi mioglobin oqsili bilan bog‘liq. Uning miqdori molning yoshiga, turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qari qoramolning 1 g go‘shtida 16-20 mg, buzoq go‘shtida 4- 10 mg yoki mol go‘shtida o‘rtacha 1-3 mg gacha mioglobin bo‘lishi mumkin. Ot go‘shtida o‘rtacha 0,71%, cho‘chqa go‘shtida - 0,43 %, qo‘y go‘shtida - 0,38 %, quyon go‘shtida esa 0,02 % gacha mioglobin bo‘ladi. Go‘shtda mioglobindan tashqari, boshqa rang beruvchi moddalar ham mavjud, lekin ular juda ham kam miqdorda bo‘lganligi sababli mioglobin rangining o‘zgarishiga olib kela olmaydi. Ularga sitoxromlar, vitamin B 12 , flavinlar va qonga qizil rang beruvchi gemoglobin oqsili kiradi. Mioglobin molekulasining kimyoviy tuzilishi quyidagicha: Hozirgi vaqtda mioglobinning nafaqat kimyoviy formulasi, hatto kimyoviy tuzilishi ham aniqlangan. Go‘shtda mioglobinning bir necha turining mavjudligi aniqlangan. Ular bir-biridan aminokislotalar tarkibi bilan farq qiladi. 137 Ular bir-birlari bilan peptid bog‘lari orqali bog‘langan. Mioglobinning oqsil bo‘lmagan qismi o‘z navbatida temir va porfirindan iborat. Porfirin bir-biri bilan metil “ko‘prikcha”lari orqali bog‘langan to‘rtta pirrol birliklaridan iborat. Formuladan ko‘rinib turibdiki, mioglobin molekulasi oqsil va oqsil bo‘lmagan qismdan iborat. Mioglobinning asosiy xususiyatlaridan biri-uning havo kislorodi ta’sirida tez oksidlanishidir. Buning natijasida mioglobin oksimioglobinga aylanadi. Hosil bo‘lgan oksimioglobin metmioglobin ham deb ataladi. Mioglobinning oksidlanishi qaytar jarayon bo‘lib, ma’lum sharoitlarda metmioglobin kislorodni ajratib chiqarib, qaytadan mioglobinga aylanishi mumkin (22-rasm). 22-rasm. Metmioglobinning oksidlanish va qayta mioglobinga aylanish sxemasi Metmioglobinning hosil bo‘lishida uning faol markazidagi temirning valentligi o‘zgarmaydi va ikki valentlik holida qoladi. Shunday qilib, go‘shtda to‘q qizil rangli mioglobin va qizil rangli oksimioglobin pigmentlari bo‘ladi. Har ikkala pigmentning miqdori go‘sht rangini belgilaydi. Shu sababli ham eskirmagan go‘sht bo‘lakchalari ustida oksimioglobinning qizil va ichki qavatlarida esa mioglobinning to‘q qizil ranglarini kuzatish mumkin. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling