135
chiqarishda ham fermentlar keng qo‘llaniladi.
Sharbatlarni tiniqlashtirish
va
barqarorlashtirish
uchun
asosan
pektolitik
va
proteolitik
fermentlardan foydalaniladi
.
Glyukozooksidaza va katalaza. Mahsulotni sifatini oshirish
maqsadida va uni tarkibidagi kislorodni olib tashlash maqsadida
qo‘llaniladi.
8.3. Immobillangan fermentlar
Uzoq vaqt oziq-ovqat sanoatida suvda
eriydigan erkin ferment
preparatlari qo‘llanilib kelingan. Bu fermentlar faqat bir marotaba
ishlatilar edi. Hozirgi vaqtga kelib fermentlarni immobillab qayta-qayta,
bir necha marta ishlatish usullari yaratilgan.
Immobillangan fermentlar deganda ularni inert qattiq moddalarga
biriktirib muhitdagi erkin harakatini cheklab qo‘yish tushuniladi.
Immobillashni fizikaviy va kimyoviy usullarni mavjud.
Fizikaviy usulda
ferment qattiq sirt yuzasiga, yoki polimer gel
ichiga kovalent bog‘siz biriktirib qo‘yiladi. Misol qilib,
metall oksidlari
yuzasida fermentlarni adsorbsiyalashni keltirish mumkin. Yarim
o‘tkazuvchi polimer ichiga kiritish, yarim o‘tkazuvchi
polimer bilan
ferment molekulasini ajratish va boshqa.
Kimyoviy usulda ferment bilan qattiq faza orasida kovalent bog‘
hosil qilinadi.
Masalan, poliamidga granulalariga fermentni glutar dialdegidi
bilan kovalent bog‘ orqali immobillash mumkin.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Ferment,
spesifiklik, apoferment, koferment,
ingibitor, gidrolitik
fermentlar, proteolitik fermentlar,
sut kazeini, amilolitik fermentlar,
proteolitik fermentlar,
invertaza, lipaza, glyukozooksidaza, katalaza,
immobillangan fermentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: