Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

4.3 Trisaxaridlar 
Rafinoza. Trisaxaridlar o‘simliklar dunyosida juda ham ko‘p 
tarqalgan bo‘lib, ularning bir necha xili borligi aniqlangan. Ulardan eng 
asosiysi rafinoza hisoblanadi. U ayniqsa shakar lavlagisida va paxta 
chigitida ko‘p bo‘ladi. Rafinoza α–d-galaktoza, α–d-glyukoza va β-d-
fruktoza qoldiqlaridan tuzilgan: 
 
 
Tetrasaxaridlar 
Staxioza asosiy tetrasaxarid hisoblanadi. U soya, no‘xat va 
chechevitsa donlarida uchraydi. Uning molekulasi quyidagicha 
tuzilishga ega: 
 


94 
4.4. Ikkinchi toifali polisaxaridlar 
 
Ikkinchi toifali murakkab uglevodlarga kraxmal, glikogen, 
kletchatka, gemitsellyulozalar, pektin moddalari va shunga o‘xshaganlar 
kiradi. Ikkinchi toifali uglevodlarning ham asosiy manbalari o‘simlik 
mahsulotlari hisoblanadi. Faqat go‘sht mahsulotlarida glikogen 
uchraydi. 
Murakkab 
uglevodlarning 
deyarli 
barchasi 
odam 
organizmining normal faoliyatini ta’minlashda ishtirok qiladi. Kraxmal 
odam organizmida asosiy energiya manbai sifatida ishlatilsa, qolganlari 
esa taom hazm qilish organlarining normal ishlashini ta’minlaydi. 
Ikkinchi toifali murakkab uglevodlarni ular molekulalarining 
tuzilishiga qarab gomo- va geterosaxaridlarga bo‘lish mumkin. 
Gomosaxaridlar faqat bitta monosaxarid qoldiqlaridan tuzilgan bo‘ladi. 
Masalan, kraxmal, glikogen va kletchatka glyukoza qoldiqlaridan iborat. 
Geterosaxaridlar molekulasini har xil monosaxaridlar qoldiqlari tashkil 
qiladi.
Kraxmal faqat o‘simlik mahsulotlari tarkibida bo‘ladi, ayniqsa, 
uning miqdori asosiy oziq-ovqat mahsulotlarida juda ko‘p. Masalan, 
guruchda 60-80 %, makkajo‘xorida 65-75 %, bug‘doyda 60-70 %, 
kartoshkada 12-20 %. Kraxmal o‘simliklarda donacha shaklida bo‘ladi 
(16-rasm).
16-rasm. Kraxmal zarrachalari: bug‘doy (A), arpa (B) va kartoshka (B) 
kraxmali 
Donachalar har xil kattalikda bo‘lib, kimyoviy tarkibi ham har xil 
bo‘ladi. 
Kraxmalning asosiy fizik-kimyoviy xossalari quyidagilardan 
iborat: yod eritmasi bor muhitda u ko‘k ranga bo‘yaladi, sovuq suvda 
ozgina bo‘kadi, issiq suvda esa kleystr hosil qiladi. 


95 
Kraxmal faqat mahsulotlar tarkibidagina iste’mol qilinibgina 
qolmasdan, u alohida oziq-ovqat mahsuloti sifatida ham qo‘llaniladi. 
Kraxmaldan kisel konsentrati, yorma (sago), modifikatsiyalangan 
kraxmal va konditer sanoatida ishlatiladigan gidrolizlangan kraxmal 
(patoka) olinadi. 
Kraxmal amiloza va amilopektin fraksiyalaridan iborat. Amiloza 
iliq suvda yaxshi eriydi, amilopektin esa erimaydi. Amilozaning 
molekulyar og‘irligi 3.00000-1000000 atrofida bo‘lsa, amilopektinniki 
esa 100 mln gacha bo‘lishi mumkin. Makkajo‘xori, guruch va arpaning 
voskga o‘xshash navlarining kraxmallari deyarli amilopektindan, 
olmaniki esa faqat amilozadan iborat bo‘ladi. 
Amilozaning molekulasida glyukoza qoldiqlari bir-birlari bilan 
1,4-glyukozid bog‘lari orqali bog‘lanadi va shu yo‘sinda uzun zanjir 
hosil qiladi: 
Amilopektin molekulasida amiloza qoldiqlari nafaqat 1,4-glikozid 
bog‘lar bilan, balki 1,6-glikozid bog‘lari bilan ham bog‘langan bo‘ladi. 
Shuning uchun ham amilopektin shoxcha shaklida bo‘ladi (17 –rasm). 
17- Rasm. Amilopektining tuzilishi 


96 
Har bir shoxchalanish o‘rtacha 25-30 glyukozid qoldig‘idan keyin 
boshlanadi: 
Yod eritmasida amiloza ko‘k rangga, amilopektin esa qizil-
binafsha rangga bo‘yaladi. 
Kislotalar 
va 
amilaza 
fermentlarining 
ta’sirida kraxmal 
glyukozagacha gidrolizlanadi. Amilozalar o‘sgan g‘alla donida juda 
ko‘p bo‘ladi. O‘zbek milliy taomi bo‘lgan sumalakning shirin ta’mi ham 
kraxmalning 
amilazalar 
ta’sirida glyukozagacha gidrolizlanish 
natijasidir. 
Glikogen ko‘p miqdorda jigar (10-20 %) va go‘sht to‘qimalarida 
(4-5 %) bo‘ladi. Shuning uchun ham uni hayvon kraxmali deyiladi. 
Bundan tashqari glikogen xamir achitqisi va shakar makkajo‘xorisida 
ham uchraydi. Kislotalar ta’sirida glyukozagacha parchalanadi. 
Glikogen issiq suvda eriydi, yod ta’sirida qizil yoki qo‘ng‘ir rang beradi. 
O‘zining tuzilishi bo‘yicha amilopektinga o‘xshaydi, faqat juda ham 
katta molekulyar og‘irligi bilan farq qiladi. 
Kletchatka (sellyuloza) o‘simlik mahsulotlari hujayralari quruq 
moddalarining asosiy qismi hisoblanadi va odatda boshqa moddalar 
bilan bog‘langan holda uchraydi. U suvda erimaydi, faqat bo‘kadi. 
Odam organizmi fermentlari uni parchalay olmaydi. Uning molekulyar 
og‘irligi shu vaqtgacha to‘liq aniqlanmagan. Kletchatka molekulasi 
ipsimon shaklda bo‘ladi. Uning har 60 molekulasi vodorod bog‘lari 
bilan bog‘lanib mitsellalar hosil qiladi.Kuchli kislotalar ta’sirida 
kletchatka β-d-glyukozagacha parchalansa, kuchsiz kislotalar ta’sirida 
esa sellobiozagacha parchalanadi. Kletchatka molekulasida sellobioza 
qoldiqlari uzun zanjir kabi bog‘langan: 


97 
Gemitsellyulozalar. Yuqori molekulali polisaxaridlarning bir 
guruhi shu nom bilan ataladi. Ular suvda erimaydi. Ular don 
mahsulotlari va sabzi tarkibida uchraydi. Gemitsellyulozaga mannanlar, 
galaktanlar, araban va ksilanlar kiradi. Ular gidrolizlanganda mos 
ravishda 
mannoza, 
galaktoza, 
arabinoza 
va 
ksilozalargacha 
parchalanadi. 
Pektin moddalari mevalar va ildizmevali mahsulotlarda ko‘p 
uchraydi. O‘simlik mahsulotlarida pektin moddalari suvda erimaydigan 
protopektin shaklida bo‘ladi. U hujayralar devorlaridagi araban bilan 
bog‘langan holda uchraydi. 
Protopektin baland harorat, kislota yoki protopektinaza fermenti 
ta’sirida suvda eriydigan pektin moddasiga aylanadi. Pektin bir-birlari 
bilan bog‘langan galakturon kislotasi qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. 
Galakturon kislotalari metil efirlari shaklida bo‘ladi. 
Pektin moddalari oziq-ovqat sanoatida xomashyo sifatida 
ishlatiladi. Ular shakar va kislotali muhitda jele, jem, marmelad, pastilla 
va karamellar tayyorlashda ishlatiladigan quyuq massa hosil qiladi. Har 
bir mahsulot pektini jelelash qobiliyati, mineral moddalar miqdori va 
metoksil (-SH
3
O) guruhlarining soni bilan ajralib turadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling