Oziq-ovqat kimyosi
Gaz manbalari bilan ishlashda va elektr tokida ishlaydigan
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.3.6. Zarar ko‘rganlarga vrachgacha yordam ko‘rsatish
13.3.5. Gaz manbalari bilan ishlashda va elektr tokida ishlaydigan apparatlarni qo‘llashda xavfsizlik texnikasi Laboratoriya mashg‘ulotlari davrida gazning hidi sezilganda darhol o‘qituvchiga yoki laboratoriyaning mas’ul xodimiga (laborant, master) aytish lozim. Mas’ul xodim (yoki o‘qituvchi) gaz kranini darrov yopishi, oynalarni ochib, laboratoriyani shamollatishi va zudlik bilan muassasa rahbarlaridan biriga xabar berishi kerak. Gaz hidi sezilishi bilan barcha olov manbalarini o‘chirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dars vaqtida gaz o‘chib qolganda barcha gaz kranlarini zudlik bilan yopish, gaz quvurlaridan gaz chiqayotganligi sezilganda ham muassasa rahbariyatiga aytish bilan bir qatorda avariya xizmatiga xabar berish zarur. O‘chgan gazni qayta yoqish uchun yoqilgan gugurt cho‘pini gaz gorelkasidan gaz chiqish teshiklari balandligida ushlab turish va keyin asta-sekin gazni ochish kerak. Elektr apparatlari bilan ishni boshlashdan oldin undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish, elektr tokiga qo‘shgichlar va o‘chirgichlarning qayerda joylashganligini yaxshi bilish kerak. Elektr asboblaridan foydalanish faqat mas’ul xodim nazorati ostida amalga oshiriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari davrida sentrifugadan ham foydalanish kerak bo‘lib qolganda, qo‘yilgan talablarga rioya qilish kerak: bir birlariga qarama-qarshi chuqurliklarda (uyalarda) joylashgan probirkalarning vazni teng bo‘lishi kerak. 13.3.6. Zarar ko‘rganlarga vrachgacha yordam ko‘rsatish Ma’lumki, kimyoviy reaktivlar yoki elektr tokida ishlaydigan asboblardan zarar ko‘rganlarni davolashdan ko‘ra ularga vrachgacha yordam ko‘rsatish yaxshi samara beradi. Shu boisdan zarar ko‘rganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini qisqacha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 175 Issiqlik ta’sirida kuygan teri yuzasiga ichimlik sodasi, kraxmal, talk sepish yoki bo‘lmasa ichimlik sodasi, yoki kaliy premanganatning 2 % eritmasi, yoki etil spirtiga botirilgan malham qo‘yilishi kerak bo‘ladi. Reaktivlar (kuchli kislotalar va ishqorlar) ta’sirida teri kuyganda avval kuygan joyi ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlanadi va keyin ichimlik sodasining 2 % eritmasida (kislota ta’sirida kuyganda) yoki 1-2 % sirka kislota eritmasida (ishqor ta’sirida kuygan bo‘lsa) ho‘llangan malham qo‘yiladi. Himoyalovchi ko‘zoynak taqmay reaktivlar bilan ishlaganda, ular sachrab ko‘zga ham tegishi mumkin. Bunday hollarda ko‘z avval ko‘p miqdordagi suv bilan, keyin esa 3 % li soda eritmasi bilan yuvib tashlanadi. Agar shisha siniqlari tekkan joy kesilgan bo‘lsa, kesilgan joydan shisha siniqlari avaylab olib tashlanishi kerak, keyin esa kaliy permanganatning 2 % li eritmasi yoki etil spirti bilan yuvilgandan keyin jarohatga yod eritmasi surkaladi va bint bilan mahkam bog‘lab qo‘yiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari davrida talabalar yoki xodimlardan biri zaharlanganda zudlik bilan vrachni chaqirish kerak va uning aytganlarini bajarish zarur. Nosoz elektr jihozlari bilan ishlaganda yoki tasodifan tok urishi mumkin. Bunday hollarda, agar zarar ko‘rgan kishi hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unga toza havo va jimjitlik kerak bo‘ladi. Agar nafas olishi va yurak faoliyati buzilgan bo‘lsa, unga sun’iy nafas oldirish va tez yordam mashinasi etib kelguncha uning yuragini uqalab turish lozim. Shu sababli ham zarar ko‘rganlarga vrachgacha yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari boshlanishdan oldin yo‘riqnomalar berish va amaliyotda ularni ko‘rsatish kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmaganda nafaqat talaba va xodimlar, laboratoriya xonalari ham zarar ko‘rishi mumkin. Shu sababli ham, agar konsentrlangan kislota yoki ishqor tasodifan to‘kilsa, ular to‘kilgan joyga zudlik bilan qum sepish va uni tezda yig‘ishtirib olish zarur. Agar kislota to‘kilgan bo‘lsa ohak yoki soda sepish, ishqor to‘kilgan bo‘lsa, to‘kilgan joyga sepilgan qum olingandan keyin sirka kislotasining kuchsiz eritmasi bilan ishlov berish lozim. Keyin esa u joy suv bilan yuvib yuboriladi. Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar to‘kilganda ham u joyga qum sepiladi va biroz vaqt o‘tgandan keyin qum yog‘och kurakcha yordamida yig‘ishtirib olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling