Oziq-ovqat kimyosi


  13.3.3. Kimyoviy idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 


173 
13.3.3. Kimyoviy idishlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi 
 
Yorilgan va qirralari singan kimyoviy idishlardan foydalanish 
mumkin emas. Xuddi shuningdek, oddiy shisha idishlarini (kolba, 
stakan) ochiq olov ustida qizdirish qat’iy man etiladi. Ularni qizdirish 
lozim bo‘lganda, asbest qog‘ozi yoki to‘rchasi ustiga qo‘yib past olovda 
qizdirish kerak. Isitilgan idishlarning ichidagi suyuqlik xona 
haroratigacha sovutilmaguncha tiqin bilan yopish mumkin emas. Idish 
og‘zi yopiq holda sovutilgandan keyin uning og‘zini ochish qiyinlashadi
va shisha idishlar sinib ketishi mumkin. Shisha idishlarni tiqin bilan 
yopishda bo‘g‘zining yuqori qismidan ushlash lozim. Shisha naychalar 
va tayoqchalarni sindirishdan oldin maxsus arracha yordamida kesik 
qilish shart, kesikning ikki tomonidan 1,5-2,0 sm masofada ikki qo‘l 
yordamida sachoq bilan ushlab sindirish zarur. 
Shisha idishlarni yuvishda ham ehtiyotlik talablari nazarda tutiladi.
Yumoloq sim cho‘tka yordamida probirkalarni yuvishda cho‘tka bilan 
probirkalarning tagiga qattiq turtish mumkin emas, chunki shisha 
idishning tagi sinib tushishi mumkin. 
Idishlarni yuvishdan oldin ular ichidagi konsentrlangan ishqorlar 
va zaharli moddalar qoldiqlarini neytrallash va faqat shundan keyin 
kanalizatsiyaga to‘kish kerak. Bulardan tashqari kimyoviy idishlarni 
xromli aralashma (xrompik) bilan yuvishda rezina qo‘lqoplaridan 
foydalanish lozim. 
13.3.4. Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar bilan 
 ishlashda xavfsizlik texnikasi talablari 
 
Tez olov oladigan va yonadigan suyuqliklar bilan noto‘g‘ri ish olib 
borilganda yong‘inlar va portlab, olov chiqish vaziyatlari yuzaga kelishi 
mumkin. Shu sababli ham bunday moddalardan o‘quv laboratoriyasida 
faqat bir kun uchun kerak bo‘ladigan miqdorda va qopqog‘i zich 
yopiladigan qalin shisha idishlarda 1 l dan oshmaydigan miqdorda 
saqlanishi kerak. Bunday talablar qaynash harorati 50
0
C dan 
oshmaydigan moddalar (masalan, dietil efiri, izopren va h.z.) uchun 
muhimdir. Dietil efiri qora rangli shishada salqin xonada, tagi va devori 
asbest bilan qoplangan qopqoqli temir yashiklarda saqlanadi. 
Tez olov oladigan va yonadigan suyuq moddalar bilan 
bajariladigan barcha ishlar ishlab turgan mo‘rili shkaflarda o‘tkazilishi 
lozim. Ular bilan ishlash davrida barcha yonib turgan manbalar (gaz 


174 
gorelkalari, spirtovkalar, elektr qizdirgichlar) o‘chiriladi. Tez olov 
oladigan va yonadigan suyuqliklar tasodifan to‘kilib ketganda ham 
yong‘in chiqarishiga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha manbalar 
o‘chiriladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling