Oziq-ovqat kimyosi


 Laboratoriya darslarini o‘tkazish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

13.1.1. Laboratoriya darslarini o‘tkazish 
 
Laboratoriya darslarini o‘tkazish o‘qituvchidan (masterdan) katta 
mahorat va tayyorgarlikni talab qiladi. Laboratoriya ishida qo‘yilgan 
maqsadga erishish uchun o‘qituvchidan (masterdan) o‘z vazifasini dars 
vaqtida a’lo darajada ado etish kifoya qilmaydi. Darsni yuqori saviyada 
o‘tkazish uchun o‘qituvchi, birinchidan, o‘z saviyasini oshirishi 
bo‘yicha ishlar bilan shug‘ullanib qolmasdan, laboratoriya va undagi ish 
joylarini tayyorlashda ham ishtirok etishi kerak. Uning mazmuni 
shundan iboratki, o‘qituvchi (master) laboratoriya xodimlari tomonidan 
darsni talab darajasida o‘tkazish uchun kerakli kimyoviy reaktiv va 
idishlarni hamda boshqa o‘lchash va isitish vositalarining laboratoriya 
xodimlari tomonidan tayyorlanishi ustidan nazorat qilib borishi, kerak 
bo‘lganda zaruriy maslahatlar berishi lozim.
Dars boshlanguncha o‘qituvchi (master) laboratoriya ishining 
mavzusi, ishning bajarilish texnikasi, uning hajmi, qo‘yilgan nazariy 
savollar va ularga beriladigan javoblar bilan tanishib chiqishi shart. 
Bundan tashqari dars tartibini, uslubini, necha talabadan joriy nazorat 
olishi kerakligini ham darsgacha chamalashi lozim. 
Laboratoriya darsini o‘tkazishga tayyorgarlik darsning didaktik 
kartasini, ya’ni darsni o‘tkazish rejasini, ishlab chiqarishdan boshlanadi. 
Karta quyidagi jadval shaklida tuziladi. 
1 - jadval
Darsning didaktik kartasining shakli 
Asosiy 
vazifalar 
Talab 
qilinadigan 
vaqt 
O‘quv 
materiallarining 
mazmuni 
O‘qitish uslubi 




Didaktik kartaning birinchi ustunida dars bilan bog‘liq tashkiliy 
ishlar, darsning maqsadi va mazmuni, talabalardan nazariy materiallarni 


167 
so‘rash, laboratoriya ishi mavzusi bo‘yicha talabalarga berilgan 
individual tajribalarning o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish, tajriba 
natijalarini tekshirish va o‘tilgan darsga yakun yasash kabi ishlar 
ko‘rsatiladi. Jadvalning ikkinchi ustunida har bir rejalashtirilgan ish 
turlari 
(1-ustun) 
uchun 
kerakli 
vaqt 
rejalashtiriladi. 
Vaqtni
rejalashtirishda shunga e’tibor berish kerakki, didaktik kartaning birinchi 
ustunida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun kerakli umumiy vaqt ushbu 
laboratoriya ishini bajarish uchun dars jadvalida nazarda tutilgan vaqt 
doirasidan chiqmasligi kerak. Agar dars jadvali bo‘yicha laboratoriya 
ishini 2 akademik soat davomida bajarish nazarda tutilgan bo‘lsa, 
laboratoriyada bajariladigan ishlar ham 80 (yoki 90) daqiqaga moslab 
rejalashtirilishi lozim. 
Uchinchi ustunda didaktik kartaning birinchi ustunida qo‘yilgan 
ishlarning (vazifalarning) mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Tashkiliy 
ishlar”ning mazmunini qo‘yidagicha ifodalash mumkin: talabalar 
davomati, daftarlarda o‘tgan darsning rasmiylashtirilishini va 
xalatlarning borligini tekshirish. 
To‘rtinchi ustunda ishlarni bajarish uchun o‘qituvchi (master) va 
talabalar tomonidan qo‘llaniladigan uslubning tasnifi ko‘rsatiladi. 
O‘qituvchiga (masterga) yordam ko‘rsatish maqsadida birinchi 
amaliy mashg‘ulot uchun misol tariqasida didaktik kartaning to‘ldirishi 
namuna tariqasida berilgan.
Didaktik karta har bir amaliy mashg‘ulot bo‘yicha tuzilishi lozim, 
chunki u darsni ma’lum reja, mazmun va maqsad asosida olib borilishini 
hamda sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. 
Laboratoriya darslarini o‘tkazayotgan o‘qituvchi (master) har bir 
talabaning nazorat savollarini o‘zlashtirish darajasiga, labaratoriya ishini 
mustaqil bajarganligiga, darsga bo‘lgan e’tiqodiga, dars vaqtidagi xulq-
atvoriga, tajriba natijalarini rasmiylashtirish sifatiga, laboratoriya 
natijalari bo‘yicha chiqargan xulosalarining salmog‘iga katta e’tibor 
berishi zarur, chunki ularning hammasi joriy nazorat ballarini belgilash 
uchun katta ahamiyatga ega. Talabalarning har bir joriy nazorat bo‘yicha 
olgan ballari, hamda umumiy joriy nazorat ballari, o‘qituvchining 
jurnalida qayd qilinishi va darsning o‘zidayoq talabalarga aytilishi zarur. 
Darsning yakuniy qismida o‘qituvchi (master) har bir talabaning 
xomaki daftarini nazardan o‘tkazganligi to‘g‘risida imzo chekadi. 
Talaba darsdan keyin xomaki ishini boshqa daftarda rasmiylashtirishi 
lozim. Kelgusi dars davomida o‘tgan darsning rasmiylashtirilganlik 
sifati o‘qituvchi (master) tomonidan tekshirilib, ishning qabul 


168 
qilinganligi yoki qilinmaganligi to‘g‘risida imzo chekiladi. Darsga 
yakun yasashda o‘qituvchi (master) har bir talabaning darsga tayyorlanib 
kelganlik darajasini, amaliy mashg‘ulotlarning bajarish sifati va 
intizomini ta’kidlab o‘tishi kerak. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling