Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.5. Dioksinlar va va dioksinga o‘xshash birikmalar
Radioaktiv ifloslanish.
Radiaktivlik manbai bo‘lib atmosfera, yomg‘ir, shamol, tuproq, o‘simlik, hayvon hisoblanadi. Radioaktiv moddalarga 3 N, 7 Be, 14 S, 22 Na, 24 Na kiradi. Asosiylariga 40 K, 238 U, 232 Th kiradi. Radon — birinchi ochilgan radionukleotid hisoblanadi. Bu gaz 226 Ra izotopini yemirilishida hosil bo‘ladi va nafas olish yo‘li orqali organizmga o‘tadi. Inson har doim radon bilan kontaktda bo‘ladi. Tosh va g‘ishtlii uylarda, ayniqsa birinchi qavatda ko‘proq bo‘ladi. Asosiy manbai bo‘lib tuproq va qurilish materiallari hisoblanadi. Qurilish materiallarini radioaktivligi (mkZv/god): daraxt 0, ohak, qumda 0-100, g‘isht, beton 100- 200, tabiiy tosh, gips 200-400, granit 400-2000. Yerosti suvlarida ham radon miqdori ko‘p bo‘ladi. Yo‘qotishni samarali usuli bo‘lib aeratsiyalash hisoblanadi. Organizmda taqsimlanishi bo‘yicha radioaktiv moddalarni 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1. Suyakda to‘planuvchi osteotrop izotoplar - stronsiy, bariy, radiy va boshqalar. 2. Jigarda to‘planuvchi radioaktiv moddalar (seriy, lantan, plutoniy va boshqalar). 3. Bir tekisda taqsimlanuvchilar (vodorod, uglerod, inert gazlar, temir va boshqalar). Ba’zilari muskullarda to‘planadi (kaliy, rubidiy, seziy). Alohida o‘rinni radioaktiv yod egallaydi — u selektiv qalqon bezda to‘planadi. 12.5. Dioksinlar va va dioksinga o‘xshash birikmalar Dioksinlar — kuchli zaharli birikma bo‘lib mutagen, kanserogen va teratogen xossaga ega. Oziq-ovqat mahsulotlariga asosiy xavf soluvchi modda hisoblanadi. Dioksinlar plastmassa, pestitsid, qog‘oz, defolyant ishlab chiqarish korxonalari chiqindisi hisoblanadi. Veytnam urushida (1962-1971) Amerika harbiy havo kuchlari Janubiy Veytnamga 57 ming tonna defolyant — «oranjevogo reagenta» yog‘dirgan, uni tarkibida 170 kg dioksin (t. e. 0,0003%) bo‘lgan. Natijada onkologik kasallik bilan kasallanish ko‘paygan. Shundan so‘ng, buning oqibati insoniyat uchun 164 xavfliligi aniqlangan. Dioksinlar chiqindilarni yoqishda, avtomobillar- dan chiqadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling