Oziq-ovqat kimyosi
Moddalarning zaharligini aniqlash
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toksik elementlar.
- Simob. Simob
- Qo‘rg‘oshin.
12.4. Moddalarning zaharligini aniqlash
Moddalarni zaharliligini miqdoriy aniqlash qiyin bo‘lib, ko‘p yondoshuvlarni talab etadi. Zaharliylikni tavsiflashni 2 usuli bor -LD 50 va LD 100 . LD — tajriba hayvonni (50 yoki 100%) o‘limiga olib keladigan moddaning miqdori tushiniladi. Zaharligiga qarab quyidagicha sinflanish qabul qilingan (LD 50 kalamushga peroral usulda kiritilganda, mg/kg): 162 O‘ta zaharli ........................< 5 Kuchli zaharli...................... 5-50 Zaharli ........................... 50—500 Kam zaharli.................... 500—5000 Zaharsiz ................... 5000—15 000 Umuman zararsiz ......... > 15 000 Toksikologik kriteriyaga ko‘ra BMT va boshqa uyushmalar quyidagi ko‘rsatkichlarni qabul qilishgan: PDK, DSD va DSP. PDK (“predelno-dopustimaya konsentratsiya” - ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasi) — yot moddalarni atmosferadagi, suvdagi, oziq- ovqat mahsulotlari tarkibidagi insonlar uchun zararsiz miqdori. DSD (“dopustimaya sutochnaya doza”) - ruxsat etilgan kundalik me’yor bo‘lib insonga umr bo‘yicha zarari bo‘lmaydi. DSP (“dopustimoe sutochnoe potreblenie” – ruxsat etilgan kundalik iste’moli) — ko‘rsatkich 60 kg massaga nisbatan beriladi. Toksik elementlar. Toksik elementlarga 14 element kiradi: Hg, Rb, Cd, As, Sb, Cr, Zr, A1, Be, Fe, Cu, Ba, Sr, T1. Bu elementlar zaharli bo‘lib, ba’zilari insonni normal faoliyati uchun zarur. Bular ichida eng zaharli simob (Hg), qo‘rg‘oshin (Rb), kadmiy (Cd) hisoblanadi. Simob. Simob — eng xavfli va zaharli element hisoblanadi. PDK: 0,0003 mg/m 3 havoda va 0,0005 mg/l suvda. Qond tarkibida xavfsiz miqdori 50—100 mkg/l. Inson 1 kunda 0,05 mg simobni qabul qiladi. Inson organizmi simobni baliq mahsulotlaridan oladi. Qo‘rg‘oshin. Eng ko‘p tarqalgan element bo‘lib xavfli toksikant hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlar tarkibidag kadmiyni miqdori quyidagicha: donli mahsulotda 28—95, no‘xatda 15— 19, loviyada 5—12, kartoshka 12—50, karamda 2—26, pomidorda 10—30, ho‘l mevalarda 9-42, O‘simlik yog‘ida 10-50, shakarda 5-31, zamburug‘larda 100-500; hayvon mahsulotlarida: sutda — 2,4, tvorogda — 6,0, tuxumda 23— 250. Inson organizmiga 80% kadmiy ozuqa orqali o‘tadi, 20% atmosferadan o‘tadi. O‘pka orqali 150 mkg/kg va chekish orqali1,5-2,0 mkg/kg o‘tadi. Alyuminiy. Inson organizmiga alyuminiy asosan alyuminiy idish- tovoqlardan, suvdan o‘tadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ichida choyda alyuminiyni miqdori ko‘proq bo‘ladi (20 mg/g). Surma. Surma toza element sifatida faqat yuqori konsentratsiyalarida zaharli hisoblanadi. Yer qatlamida — 2 mg/kg, dengiz 163 suvida — 5 mkg/kg bo‘ladi. Xavf soluvchi manbai sifatida qo‘ng‘ir ko’mirda ishlovchi elektrostansiya, mis quyish korxonalari yarim o‘tkazgich, shisha quyish, insektitsid, fungitsid ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling