Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
165 XIII BOB. AMALIY VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI 13.1. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi, mazmuni va ularni o‘tkazish tartibi Amaliy mashg‘ulotlar oliy o‘quv yurtlarida ta’limning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatda o‘qiyotgan va kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi amaliy mashg‘ulot o‘qituvchilariga (masterlarga) darsni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishdan hamda talabalarga fanning nazariy qismida ko‘rilgan masalalarni amalda (tajribada) tasdiqlashda yordam berishdan iborat. Shu sababli ham amaliy mashg‘ulotlarga nazariy va amaliy qismlar berilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarning nazariy qismida ko‘rib chiqilgan masalalar oliy maktab va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun bir xil. Ularning asosiy darslarda (ma’ruza darslarida) o‘qitiladigan materiallardan farqi shundan iboratki, nazariy materiallarning mazmuni har bir bo‘lim bo‘yicha qisqacha keltirilgan. Uning asosiy sababi shundan iboratki, birinchidan, tajriba natijasida olingan ma’lumotlarni isbotlash va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarish, ikkinchidan, talabalarning asosiy darslarda olgan bilimlarni yanada mustahkamlash uchun kerak bo‘ladi. Har bir bo‘lim uchun nazariy materiallar kabi amaliy mashg‘ulotlar ham alohida keltirilgan. Bo‘lim sifatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosiy tarkibiy qismlarining (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar) nomlari qabul qilingan. Amaliy mashg‘ulatlarning soni bakalavriat va kasb-hunar kollejlari o‘quv standartlarida ko‘rsatilgan o‘quv soatlari hajmidan ham ko‘proq nazarda tutilgan. Bu esa kerakli laboratoriya mashg‘ulotlarini tanlab o‘tkazishga imkon beradi. Laboratoriya ishlari tematikasida sifat reaksiyalarini o‘tkazish hamda kimyoviy moddalar miqdorini aniqlash ishlari nazarda tutilgan. Bu nafaqat izlanayotgan moddalarning borligini, hatto ularning miqdorini ham aniqlashga imkon beradi. Har bir amaliy ishni bajarishning boshlanishida uning uchun kerak bo‘ladigan kimyoviy idishlar, reaktivlar va boshqa asbob-uskunalarning nomlari keltirilgan. Keyin ushbu ishni bajarish texnikasi yozilgan. Har bir amaliy mashg‘ulot 4 akademik soatga mo‘ljallangan. 166 Laboratoriya ishlarining natijalari va ular bo‘yicha xulosalar chiqarishga ko‘p vaqtni sarflamaslik maqsadida natijalar avval xomaki qo‘lyozma sifatida yozilishi va dars tamom bo‘lgandan keyin esa maxsus laboratoriya ishlari daftarida rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan. An’anaga ko‘ra birinchi amaliy mashg‘ulot texnika xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling