Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

O‘simliklar 
himoyasida 
qo‘llaniladigan 
ximikatlar 
ham 
ifloslantiruvchi xavflarga kiradi. Bularga pestitsidlar, o‘g‘itlar, o‘stirish 
regulyatorlari va boshqalar kiradi.
Chorvachilikda qo‘llaniladigan antibakterial moddalar (antibiotiklar, 
sulfanilamidlar, nitrofuranlar) gormonal preparatlar, trankvilizatorlar 
(tinchlantiruvchi modda), antioksidantlar va boshqalar. 
Tabiiy toksikantlar. Bularga bakterial toksinlar, mikotoksinlar va 
boshqalar kiradi. Bu moddalar bakteriya va zamburug‘larni rivojlanishi 
natijasida hosil bo‘ladi. 
12.6. Genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari 
 
Hozirgi kunda gen injenerligi yutuqlari asosida o‘simliklarni yangi 
xususiyatli navlar yaratilgan. Bir organizm genini (masalan, sovuqqa, 
gerbisidlarga, kasallikka va parazitga chidamli, yuqori hosildor va 
boshqalar xususiyatli) boshqa o‘simlik DNKsiga o‘tkazib transgen 
o‘simlik navi yaratiladi. Natijada yuqori hosildor yangi nav olinadi. Misol 
qilib soyani aytish mumkin. 
Hozirgi kunda bu mahsulotlarni xavfsizligi bo‘yicha muammoli 
masalalar chiqayapti. Shuning uchun bu mahsulotlarni iste’mol qilish 
bo‘yicha ehtiyotkorlik kerak. Chunki, bu mahsulotni ozuqaviy va biologik 
qiymati, allergenligi, mutagenligi, immun tizimini o‘zgarishi, teratogenligi 
o‘zgaryapti. Bu inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha hozircha aniq fikrlar 
kam. 
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar 
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi, XOKNK, mahsulotlarni xavfsizligi,
xavfli omillar, kritik nazorat, yot moddalar, biosfera, toksik elementlar
radon, dioksinlar.
Takrorlash uchun savollar 
1. Oziq-ovqat mahsulotlar xavfsizligi nima? 
2. Zaharli moddalarni sinflanishini nimaga asoslangan? 
3. Ifloslantiruvchi moddalar manbai va o‘tish yo‘llarini aytib bering? 
4. Tabiiy toksikantlarga nimalar kiradi? 
5. Genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar nima? 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling