Oziq-ovqat kimyosi


 Laboratoriya ishlarini tashkil qilish va mashg‘ulotlarni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

13.3. Laboratoriya ishlarini tashkil qilish va mashg‘ulotlarni 
bajarishda o‘qituvchi va talabalarning asosiy vazifalari 
Laboratoriya ishini tashkil qilish darajasi talabalarning amaliy ish 
mavzusi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar) 
va laboratoriya ishini bajarishning uslubiy ko‘rsatmalari bilan 
ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Laboratoriya mashg‘ulotlarini 
samarali o‘tkazish maqsadida qo‘yiladigan talablardan biri shundan 
iboratki, talaba amaliy darslarga laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha 
uslubiy ko‘rsatmalarning qisqacha mazmunini konspekt qilgan holda 
kelishlari 
kerak. 
Uning 
uchun 
har 
bir 
talaba 
laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va darsliklar 
yoki o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 
Talabalarning amaliy darslarga tayyorlanishi ushbu dars bo‘yicha
uslubiy qo‘llanmaning qisqacha mazmunini yozib olishdan iborat 


170 
bo‘libgina qolmasdan, ular darsga laboratoriya daftari, qalam, ruchka, 
o‘chirg‘ich va darslik yoki o‘quv qo‘llanmasi bilan kelishlari kerak. 
Darslik yoki qo‘llanmalar amaliy mashg‘ulotlar natijalarini talqin qilish 
va ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarish uchun kerak bo‘ladi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarining bajarilishining tashkil qilinishi 
amaliy ish o‘qituvchisiga bog‘liq. Uning ratsional shakllaridan biri bir 
talabaning bajarayotgan amaliy mashg‘ulotlari mavzusi boshqasiniki 
bilan mos kelmasligi kerak. Shuning uchun ham har bir darsda har qaysi 
talabaga alohida amaliy mashg‘ulotni bajarishni topshirish kerak. Aks 
holda mashg‘ulotni bajarish bilan akademik guruhning 3-4 talabasi 
shug‘ullanib qoladi, qolganlari esa tomoshabin bo‘lib turaveradi. 
Natijada qo‘yilgan maqsadga erishilmaydi va dars samarasiz o‘tadi. 
Dars vaqtida sigareta yoki nos chekish, bir-birlari bilan gaplashib 
o‘tirish, qattiq gapirish yoki kulish, boshqalarga halaqit berish yoki 
laboratoriya mavzusiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlar bilan 
shug‘ullanish qat’iyan man qilinadi. 
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari talabalarga qo‘yidagi 
qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: ular o‘tgan laboratoriya mashg‘ulotlari 
bo‘yicha joriy nazoratlarini topshirish uchun tayyor bo‘lib kelishlari 
kerak: o‘tgan mashg‘ulot natijalari va ular bo‘yicha talaba tomonidan 
qilingan xulosalar laboratoriya ishlari daftarida xatosiz va standart 
talablar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur, talabaning o‘zi esa 
ishni bajarish uslublarini va natijalarni o‘qituvchi oldida tahlil qilib 
berishi uchun tayyor bo‘lishi kerak. 
Har bir talaba laboratoriya ishlari daftarida ishni bajarish 
uslubining qisqacha mazmunidan tashqari berilgan formulalar orqali 
tajriba natijalarini hisoblab chiqadi, kerak bo‘lsa, ishlatilgan o‘lchash 
jihozlarining rasmlarini yoki shartli sxemalarini chizadi, olingan 
natijalar bo‘yicha qisqacha nazariy va amaliy xulosalar chiqaradi. 
Bulardan tashqari laboratoriya ishlari daftarida dars o‘tilgan sana va 
xulosalardan keyin talaba imzosi qo‘yiladi.
Har bir laboratoriya darsidan keyin bugungi va o‘tgan laboratoriya 
ishlari natijalari o‘qituvchi tomonidan tekshirilib chiqiladi, ular bo‘yicha 
talabalar bilan savol-javob o‘tkaziladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari 
natijalarini qabul qilganligi to‘g‘risida o‘qituvchi talabaning laboratoriya 
ishlari daftarida har bir darsdan keyin “……. Qabul qilindi” deb imzo 
chekadi, agar kerak bo‘lsa, ushbu laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha 
talabaning to‘plagan joriy nazorat ballarini ko‘rsatadi. 


171 
Fan bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarining boshlanishi oldidan 
laboratoriyada ishlash davrida xavfsizlik texnikasiga rioya qilish 
to‘g‘risida talabalarga ko‘rsatma beriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlariga 
faqat ko‘rsatma olganligi to‘g‘risida imzo chekkan talaba qo‘yiladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling