Oziq-ovqat kimyosi
Xavfsizlik texnikasi talablari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.3.2. Kimyoviy reaktivlarni ishlatishda xavfsizlik talablari
13.3.1. Xavfsizlik texnikasi talablari Qishloq xo‘jalik mahsulotlari kimyosi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda turli xil kimyoviy reaktivlar, shisha idish va asbob-uskunalardan foydalaniladi. Agar kimyoviy reaktivlar odam terisiga sachraganda, to‘kilganda yoki anorganik kislotalar va ishqorlarning bug‘lari dimoqqa tekkanda uning sog‘ligi va ustki kiyim- kechaklariga zarar keltirishi mumkin. Shu boisdan ham laboratoriya mashg‘ulotlarini boshlashdan oldin talabalar oq xalat, rezina qo‘lqoplar, himoyalovchi ko‘zoynak va maskalar bilan ta’minlanishlari kerak. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tmagan va undan xabari yo‘q talaba darsga qo‘yilmaydi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha talabalarga ko‘rsatma berish ma’suliyati laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan o‘qituvchi (master) zimmasiga yuklatiladi. Berilgan ko‘rsatma natijalari maxsus jurnalda qayd qilinadi va talabalar imzosi bilan tasdiqlanadi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda kimyoviy reaktiv va idishlardan tashqari elektr toki, gaz va spirtda ishlaydigan turli asbob- uskuna va apparatlar qo‘llaniladi. Kimyoviy reaktivlar, idishlar va elektr tokida, gazda, spirtda ishlaydigan pribor va apparatlarni qo‘llash bo‘yicha xavfsizlik talablari ushbu qo‘llanmada qisqacha keltirilgan. 13.3.2. Kimyoviy reaktivlarni ishlatishda xavfsizlik talablari Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash maqsadida talabalarga umumiy va maxsus talablar qo‘yiladi. Umumiy talablarning eng muhimlari qo‘yidagilardan iborat: har bir talaba faqat o‘ziga biriktirilgan ish joyida laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishi, mashg‘ulot vaqtida o‘z joyini toza tutishi va dars tamom bo‘lgandan keyin tozalab topshirishi zarur; ishlarni bajarishga kirishishdan oldin laboratoriya idishlarida berilgan kimyoviy reaktivlar nomlarining ularning uslubiy ko‘rsatmada ko‘rsatilgan nomlariga to‘g‘ri kelishi, elektr toki, gaz 172 va spirtda ishlaydigan apparatlarning sozligini tekshirishi va kimyoviy idishlarning yetarliligini aniqlashi kerak; laboratoriya darsi vaqtida, ayniqsa kuchli kislota va ishqorlar bilan ishlash davrida, u yoqdan bu yoqqa yurish, bir-birlarini gap yoki boshqa narsalar bilan chalg‘itish hamda ovqatlanish man etiladi; kimyoviy moddalar ta’mi va mazasini til orqali tatib hamda kuchli anorganik kislota va ishqorlarni hidlab ko‘rish, ularni o‘zining idishidan boshqa kimyoviy idishlarga qo‘yish, pipetka yordamida og‘iz bilan tortib olish qat’iy man etiladi. Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash, ularni bir-birlari bilan aralashtirish va qizdirishda qo‘yidagi maxsus talablar qo‘yiladi: kislota, ishqor va boshqa zaharli moddalarni idishlardan olishda faqat naysimon rezinali idishga o‘rnatilgan shisha pipetka (naycha, o‘lchov naychalari) lardan foydalanish shart; kukunsimon kimyoviy moddalar faqat kichik hajmli idishlarda (byuks, shisha soat oynalari) o‘lchanib olinishlari lozim, tarozi pallasiga to‘kib, o‘lchab olish qat’iyan man qilinadi; suyuq moddalar solingan kolbalar va idishlarni chayqatishda ularning og‘zini barmoq yoki qo‘l kafti bilan yopib chayqatish man etiladi, bunday hollarda maxsus tiqinlardan foydalanish maqsadga muvofiq; konsentrlangan kislota va ishqorlar bilan ishlaganda himoyalovchi ko‘zoynak va maskalardan foydalanish lozim, chunki ular odam terisiga tushganda, uni kuydirib yuborishi va ularning bug‘lari zaharlashlari mumkin. Konsentrlangan kislotalarni suv bilan aralashtirishda issiqlikka chidamli idishga solingan suvga kislotani tomchilatib qo‘yish kerak; aksini qilish mumkin emas; kislotani tomizish davrida suv aralashtirilib turiladi. Barcha ishlar mo‘rili shkafda o‘tkaziladi, ular og‘zi mahkam yopiladigan idishlarga solinadi va idishning hajmi 80 % gacha to‘ldiriladi; ichida suyuqligi bor shisha idishlar qizdirilganda ularning og‘zi bu jarayonni o‘tkazuvchi va uning yon qo‘shnilaridan qarama- qarshi tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari qizdirish jarayonini idishning og‘zi tomonidan kuzatish man etiladi; Qizdirilgan idishlarni ko‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tishda bir qo‘l bilan idish og‘zidan, ikkinchi qo‘l bilan esa idish tubidan ushlash tavsiya etiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling