Oziq-ovqat kimyosi
Oddiy oqsillarning xossalarini tekshirish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Oddiy oqsillarning xossalarini tekshirish Nazariy qism Oqsillar (proteinlar) – yuqori molekulyar birikmalar bo‘lib, ular o‘zaro peptid bog‘lar (-CO-NH-) bilan bog‘langan aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan. Ular molekulalarida asosan 20 ta aminokislota uchraydi. Aminokilotalar ketma-ketligi berilgan oqsil uchun o‘ziga xos 184 xarakteristikadir. Oqsillar oddiy va murakkablarga bo‘linadi. Oddiy oqsillar gidrolizga uchraganda faqat aminokislotalarni hosil qiladi, murakkab oqsillar gidrolizga uchraganda esa aminokislotalardan tashqari boshqa moddalar ham hosil bo‘ladi. Oqsillar uch o‘lchamli strukturaga ega bo‘lib, uning barqarorligini vodorod, ion va qutbsiz bog‘lar ta’minlaydi. Oqsillar ko‘plab ionlanuvchi guruhlarni o‘zida saqlaydi va polielektrolitlar guruhiga kiradi. Har qaysi guruh oqsillari uchun aynan ularning o‘ziga xos bo‘lgan turli-tuman funksiyalar xarakterlidir. Oqsillar quruvchi, katalitik, tashuvchi, himoya, boshqaruvchi, qisqartiruvchi va boshqa shu kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari juda xilma-xildir. Lekin ularni ikki guruhga ajratish mumkin: a) amalda qaytmaydigan cho‘ktirish reaksiyalari. Bu reaksiyalar natijasida oqsillar katta o‘zgarishlarga, ya’ni denaturatsiyaga uchraydi va shuning uchun ham ularni dastlabki erituvchilarda eritish mumkin emas. Oqsillarning qaytmas reaksiyalariga ularni og‘ir metallar tuzlari, alkoloidli reaktivlar, mineral va organik kislotalar bilan cho‘ktirish reaksiyalari va qizdirishda cho‘ktirish ham kiradi; b) qaytadigan cho‘ktirish reaksiyalari. Bu reaksiyalar natijasida oqsillar katta o‘zgarishga uchramaydi va shuning uchun ham ularni dastlabki erituvchida eritish mumkin. Bunday reaksiyalarda oqsillar molekulalari o‘zlarining dastlabki biologik va boshqa xossalarini saqlab qoladi va denaturatsiyaga uchramaydi. Qaytar cho‘ktirish reaksiyalarga oqsillarning organik erituvchilar (spirt yoki atseton) bilan cho‘ktirishni va oqsillarni tuzlash (ishqoriy va ishqoriy yer metallari neytral tuzlarining konsentrlangan eritmalari ta’sirida cho‘ktirish) reaksiyalarini kiritish mumkin. Oqsillarning aksariyati 60 0 C va undan baland haroratlarda qizdirilganda denaturatsiyaga uchraydi. Issiqlik ta’sirida denaturatsiyaning mexanizmi oqsil molekulasining tabiiy tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Denaturatsiya natijasida oqsil o‘zining tabiiy xossalari va eruvchanligini yo‘qotadi. Qizdirilganda denaturatsiyaga uchragan oqsillarning cho‘kmaga tushishida tuzlarning ishtiroki va vodorod ionlarining konsentratsiyasi juda muhim rol o‘ynaydi. Denaturatsiyaga uchramagan oqsillar ham izoelektrik nuqtada cho‘kmaga tushishi mumkin. Oqsillarning to‘liq cho‘kishi izoelektrik nuqtasi, ya’ni oqsil kolloid zarrachalarining eng kam barqaror bo‘lgan holatidagi pH qiymatida amalga oshadi. 185 Oqsillarning konsentrlangan mineral kislotalar (ortofosfat kislotadan tashqari) ta’sirida cho‘kishini oqsil zarrachalarining degidratatsiyaga uchrashi va ular zaryadlarining neytrallanishi hamda boshqa sabablar (denaturatsiya, tuzlar hosil bo‘lishi) bilan tushuntirish mumkin. Denaturlanish natijasida cho‘kmaga tushgan oqsil orticha miqdor sulfat yoki xlorid kislotaning uzoq vaqt ta’siridan qayta zaryadlanishi va qisman gidrolizlanishidan eriydi. Nitrat kislota ortiqcha miqdorda olinganda esa bu erish jarayoni (nitrat ionlari ishtirokida oqsil molekulasi qayta zaryadlanmaydi) amalga oshmaydi. Oqsillarning organik kislotalar ta’sirida cho‘kish mexanizmi ham oqsil molekulasining degidratlanishi va zaryadsizlanishi bilan tushuntiriladi. Oqsil eritmalariga og‘ir metallarning tuzlari ta’sir ettirilsa ham, ular denaturatsiyaga uchraydi. Denaturatsiyaga uchragan oqsilning cho‘kishi oqsil molekulasi sirtida og‘ir metallning adsorbsiyasi va erimaydigan komplekslarning hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. Ba’zi tuzlarning ortiqcha bo‘lishi cho‘kmadagi oqsilning erishiga (peptizatsiya) olib keladi. Ko‘pgina oqsillar suvda yaxshi eriydi. Bu oqsil molekulalari sirtida gidroksil guruhlarining mavjudligi hisobidan boradi. Oqsillarning eruvchanligi har xil. Oqsillarning suvda erishi oqsil xossalariga, muhitga (pH), katalizatorlarning ishtirokiga bog‘liq. Kislotali muhitda kislotalik xossasini namoyon qiladigan oqsillar (albumin, globulin, prolamin), ishqoriy muhitda esa ishqoriy xossani nomoyon qiladigan oqsillar (protaminlar, gistonlar) yaxshi eriydi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling