Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarning qizdirishda cho‘kishi Bajarish texnikasi.
13.6. Amaliy mashg‘ulotlar
Oqsillarning cho‘kish reaksiyalari va eruvchanligi Kimyoviy priborlar va reaktivlar (3.2.1.1-3.2.1.5): 1. 1 % li tuxum oqsili eritmasi. 2. 1 % li sirka kislota eritmasi. 3. 10 % li sirka kislota eritmasi. 4. 10 % li natriy gidroksid eritmasi. 5. Konsetrlangan xlorid kislota. 6. Konsetrlangan sulfat kislota. 7. Konsetrlangan nitrat kislota. 8. 7 % li mis sulfat eritmasi. 186 9. 5 % li qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi. 10. 5 % li kumush nitrat eritmasi. 11. 10 % li sulfatsil kislota eritmasi. 12. 10 % li trixlorsirka kislota eritmasi. 13. 5 % li natriy xlorid eritmasi. Oqsillarning qizdirishda cho‘kishi Bajarish texnikasi. Raqamlangan beshta probirkaning har biriga 1 % li tuxum oqsili eritmasidan 10 tomchidan solinadi. Birinchi probirkadagi eritma gaz gorelkasida yoki suv hammomida qizdiriladi. Suyuqlik “loyqalanadi” va denaturatsiyaga uchray boshlagan oqsil zaryadga ega bo‘lganligi uchun u muallaq holda ushlanib turadi (tuxum albumini kislotalik xossasiga ega bo‘lgan oqsil va neytral muhitda manfiy zaryadlanadi). Ikkinchi probirkaga 1 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi tomiziladi va qizdiriladi. Oqsil o‘z zaryadini yo‘qotgani va izoelektrik nuqtaga yaqin turganligi uchun cho‘kmaga tushadi. Uchinchi probirkaga 10 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi tomiziladi va namuna qizdiriladi. Namuna qizdirilganda ham oqsil cho‘kmaga tushmaydi, chunki kislotali muhitda oqsil zarrachalari qayta zaryadlanadi va musbat zaryadga ega bo‘ladi. To‘rtinchi probirkaga 10 % li sirka kislota eritmasidan 1 tomchi va natriy xloridning to‘yingan eritmasidan 1 tomchi tomiziladi. Oqsil zarrachalari sirtida natriy xlorid ionlarining adsorbsiyalanishi (qo‘sh izoelektrik qavatninghosil bo‘lishi) va musbat zaryadlarning neytrallanishi hisobidan oqsil cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Beshinchi probirkaga 10 % li natriy gidroksil eritmasidan 1 tomchi tomiziladi va qizdiriladi. Qaynaganda ham unda cho‘kma hosil bo‘lmaydi, chunki oqsil zarrachalaridagi manfiy zaryad kuchayadi. Tajribalar natijalari 6-jadvalga qayd etiladi. 6-jadval Oqsillarning cho‘kishini o‘rganish natijalari Neytral muhit Kuchsiz kislotali muhit Kislotali muhit Kislotali muhit va elektrolit Ishqoriy muhit Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling