Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar (3.1.3.1-3.1.2.3): 
1. Pipetka. 
2. Probirka. 
3. 1 % li alanin eritmasi. 
4. Kongo indikatori.
5. 0,1 % li xlorid kislota eritmasi. 
6. 0,1 % li glitsin eritmasi. 
7. 1 % li glitsin eritmasi. 
8. Fenolftalein. 
9. Gaz yoki spirt gorelkasi. 
10. 
0,1 % li natriy gidroksid eritmasi. 
11. 
Shpatel.
12. 
Mis (II)-karbonat, 
3
CuCO
.
 
Monoaminokarbon kislotalarning kuchli kislotalar
bilan tuz hosil qilishi 
Bajarish texnikasi. Shisha probirkaga glitsinning 1 % li 
eritmasidan 10 tomchi tomiziladi. Keyin esa juda ehtiyotlik bilan kongo 
indikatori bilan ko‘k rangacha bo‘yalgan xlorid kislotaning 0,1 % li 
eritmasidan aminokislota eritmasiga, uning rangi och qizildan to‘q 
qizilga o‘tguncha tomchilatib qo‘shiladi. Aminokislotaning xlorid 
kislota bilan reaksiyasi natijasida glitsinning vodorod xloridli tuzi hosil 
bo‘ladi. 
Monoaminokarbon kislotalarning ishqorlar bilan tuz hosil qilishi 
Bajarish texnikasi. Shisha probirkaga alaninning 1 % li 
eritmasidan 10 tomchi tomiziladi. Keyin eritma ustiga fenolftalein 
indikatori bilan och qizil ranggacha bo‘yalgan natriy gidroksidning 0,1 
% li eritmasidan rang yo‘qolguncha tomiziladi. Aminokislota natriy 
gidroksidi bilan reaksiyaga kirishib, alaninning natriyli tuzini hosil 


182 
qiladi. Uning natijasida aralashmaning ishqoriy muhiti pasayib ketadi va 
fenolftalein rangsizlanadi. 
 
Aminokislotalarning og‘ir metall ionlari bilan reaksiyasi 
Bajarish texnikasi.Toza probirkaga pipetka yordamida glitsinning 
1 % li eritmasidan 5 ml solinadi va uning ustiga shpatel yordamida yoki 
zanglamaydigan pichoq uchida kukun holidagi mis (II)-karbonatdan 
qo‘shiladi. Mis (II)-karbonatni eritish uchun probirka gaz yoki spirt 
gorelkasi ustida qizdiriladi va qizdirish davrida probirka silkitib turiladi. 
Agar mis (II)-karbonat to‘liq erib ketsa, ozgina undan yana qo‘shilib, 
qaynatiladi. Uni qo‘shish va qaynatish to‘yingan eritma hosil bo‘lguncha 
davom ettiriladi. Erimay qolgan qoldiq ustidagi hosil bo‘lgan to‘yingan 
eritma ikkinchi toza probirkaga quyib olinadi va kran suvi sharsharasi 
ostida tezda sovutiladi. Sovutilgan probirkaning tubiga glitsinning misli 
tuzi cho‘kma holida tushadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling