193
Dializ tugagandan keyin dializat va xaltachada qolgan suyuqlikdan
namunalar olinib, ularda xlorid ionlari va oqsil
uchun sifat reaksiyalari
(sinama) o‘tkaziladi hamda mineral tuzlar tashqi idishga to‘lig‘icha
o‘tganligiga va xaltachada oqsil qolganligiga ishonch hosil qilinadi.
Dializatdagi xloridlarga sinama. 10 tomchi dializatga 10
tomchi
10 % li nitrat kislota eritmasi va 1 tomchi 1 % li kumush nitrat eritmasi
tomiziladi. Namunada xlorid ionlari bo‘lganda kumush xlorid hosil
bo‘ladi va cho‘kmaga tushadi.
Dializatdagi oqsilga sinama (biuret reaksiyasi). 10 tomchi
dializatga 5 tomchi 10 % li natriy gidroksid eritmasi va 1 tomchi mis
sulfat eritmasi tomiziladi. Ko‘k rangning paydo bo‘lishi dializatda oqsil
yo‘qligidan darak beradi.
Dializdan keyingi suyuqlikdagi oqsilga sinama. 10 tomchi
dializdan keyingi qolgan suyuqlik namunasi
bilan biuret reaksiyasi
yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi. Qizil-binafsha rangga
bo‘yalish dializlanadigan suyuqlikda oqsil borligidan dalolat beradi.
Ish bo‘yicha xulosalar chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: