Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajarish texnikasi.
- Kazeinni sutdan ajratib olish Kimyoviy priborlar va reaktivlar
13.7. Amaliy mashg‘ulotlar
Oqsillarni tuzlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. Probirkalar. 2. Ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi. 3. Ammoniy sulfat (kimyoviy toza). 4. 10 % li natriy gidroksidi eritmasi. 5. 1 % li mis sulfat eritmasi. 6. Voronka. 7. Filtr qog‘ozi. 8. Tuxum oqsili. Bajarish texnikasi. Probirkaga 20 tomchi suyultirilmagan tuxum oqsili tomiziladi, teng hajmda ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi qo‘shiladi va aralashtiriladi. Natijada ammoniy sulfatning yarim to‘yingan eritmasi hosil bo‘ladi, unda oqsil (qaysi oqsil?) cho‘kmaga tushadi, 5 minutdan keyin cho‘kma filtrlanadi. Filtratda boshqa oqsil (qaysi?) qoladi. Filtratga to‘liq to‘yinganicha maydalangan ammoniy sulfat kukuni qo‘shiladi. Tushgan cho‘kma filtrlanadi. Filtratdagi oqsilning to‘liq cho‘kkanlik darajasi biuret reaksiyasi yordamida tekshiriladi. Uning uchun filtratga bir necha tomchidan 10 % li natriy gidroksid va 1 % li mis sulfat eritmalari tomiziladi. Agar oqsillar to‘lig‘icha tuzlanmagan bo‘lsa, filrat qizil- binafsha rangga bo‘yaladi. Bu esa oqsilning eritmadan to‘liq cho‘kmaganligidan darak beradi. Natijalar 9-jadvalda qayd etiladi. 9-jadval Reaksiya natijalari Oqsil nomi Qo‘llanilgan tuz To‘yinish darajasi Cho‘kma Bor Yo‘q Globulin Albumin 192 Kazeinni sutdan ajratib olish Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. 10 % li sirka kislota eritmasi. 2. Indikator qog‘ozi yoki pH-metr. 3. Shpatel. 4. Stakanlar. 5. Distillangan suv. 6. Voronka. 7. Filtr qog‘ozi. Bajarish texnikasi. 10 ml sut teng hajmdagi distillangan suv bilan suyultiriladi va uning tarkibidagi kazein 10 tomchi 10 % li sirka kislota eritmasi bilan cho‘ktiriladi. Reaksiya muhiti pH metr yoki indikator qog‘ozi yordamida aniqlanadi. Pag‘a-pag‘a bo‘lib ajralgan kazein filtrlanadi va filtrda distillangan suv bilan 2-3 marta yuviladi. Filtrda ushlanib qolgan kazeinning bir qismi shpatel yordamida olinadi va u bilan rangli (biuret) reaksiyasi o‘tkaziladi (oldingi tajribaga qaralsin). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling