Oziq-ovqat kimyosi


O‘simlik moylarining texnologik ko‘rsatkichlarini tekshirish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

O‘simlik moylarining texnologik ko‘rsatkichlarini tekshirish 
O‘simlik moylarining texnologik ko‘rsatkichlarini ulardan tutun 
chiqib boshlash harorati, qovurishda mahsulotlarga singilish darajasi
isitganda ko‘pirmasligi, ta’mi va hidi belgilaydi. Shulardan faqat tutun 
chiqish harorati va mahsulotlarga singilish darajasini tekshirish 
maqsadga muvofiq. Ikkala ko‘rsatkich ham moylarning qanday 
texnologik maqsadlar uchun ishlatishga tavsiya berish uchun asos 
bo‘ladi . 
 
 
 


200 
Tutun ajralib chiqish harorati 
Priborlar va idishlar:
1. Temir shtativ halqasi va qisqichi bilan. 
2. Issiqbardosh 
shishadan 
yasalgan 
baland 
stakan 
yoki 
konussimon kolba, 100 ml li. 
3. Termometr, 300
0
C.
Bajarish texnikasi. Stakan yoki kolbaga 50 g atrofida o‘simlik 
moyi namunasi solinadi. Namuna solingan stakan yoki kolba temir 
shtativi halqasining ustiga qo‘yilgan asbestli to‘rga joylashtiriladi. Keyin 
termometr uchi 1,5 – 2,0 sm moyga botirilgan holda, shtativning 
qisqichiga mahkam qistiriladi. Termometrning uchi stakanning 
(kolbaning) tagiga va yon devorlariga tegmasligi kerak. Keyin esa 
stakan yoki kolba qo‘yilgan asbest to‘ri tagidan gaz gorelkasi yordamida 
isitiladi. Isitish davrida tutun ajralib chiqish va termometr ko‘rsatkichi 
ustidan nazorat qilib turish shart. Tutun ajralib chiqa boshlanishidanoq 
termometr ko‘rsatgan harorat qiymati yozib olinishi kerak. Haroratning 
qaysi darajasida tutun ajralib chiqa boshlagan bo‘lsa, o‘sha harorat tutun 
ajralib chiqish harorati deyiladi. Tajriba kamida ikki xil moy bilan 
o‘tkaziladi. 
Moylarning mahsulotlarga singishi 
Priborlar va idishlar: 
1. Issiqbardosh shishadan yoki metalldan yasalgan tova, ustki 
qismining diametri 15–20 sm, balandligi 5–8 sm. 
2. Pichoq. 
3. Elektr plitka. 
4. Texnik tarozi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling