Oziq-ovqat kimyosi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.9. Uglevodlarning xossalarini tekshirish Nazariy qism
Bajarish texnikasi.
Yog‘da mahsulotlarni qovurish usuli ikki xil bo‘ladi: asosiy va ko‘p moyda (frityurda) qovurish. Mahsulotlar asosiy usul bilan qovurilganda yog‘ miqdori qovuriladigan mahsulot massasining 10 % hissasida, frityur usulida qovurishda esa yog‘ miqdori mahsulot miqdoriga nisbatan 3-4 marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ning mahsulotga shimilishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar faqat frityur usuli bilan qovurilganda olinadi. Tajriba o‘tkazish uchun vazni aniqlangan tovaga 200 g yog‘ solinib, elektr plitka ustida 160-180 0 C haroratgacha qizdiriladi. Qizigan yog‘ga texnologik talablarga rioya qilgan holda kesilgan 50 g sabzavot (kartoshka yoki sabzi) solinib, tayyor bo‘lguncha qovuriladi. Qizigan yog‘ga solinadigan mahsulotning suvi bo‘lmasligi kerak, agar uning 201 ustida suvi bo‘lsa, yog‘ sachrab uning bir qismi nobud bo‘ladi. Qovurilib, tayyor bo‘lgan mahsulot kapkirga olinib, tova ustida 4-5 daqiqa davomida ushlab turiladi. Keyin tova va yog‘ning massasi o‘lchanadi. Agar qovurishdan oldin moy solingan tovaning massasidan mahsulot qovurilib olingandan keyingi massasi olib tashlansa, mahsulotga shimilgan yog‘ning miqdori topiladi. 13.9. Uglevodlarning xossalarini tekshirish Nazariy qism Uglevodlar monosaxaridlar (monozalarga) va polisaxaridlarga (poliozlarga) bo‘linadi. Monosaxaridlar birikib polisaxaridlarni hosil qiladi. Ikki molekulasi biriksa disaxarid, uchtasi biriksa - trisaxarid, to‘rt molekulasi biriksa - tetrasaxaridlar hosil bo‘ladi. Besh va o‘ndan oshiq monosaxarid qodiqlaridan tashkil topgan uglevodlar polisaxaridlar deb aytiladi. Murakkab uglevodlar birinchi va ikkinchi toifali polisaxaridlarga bo‘linadi. Birinchi toifali polisaxaridlarni di-, tri- va tetrasaxaridlar tashkil qiladi. Ikkinchi toifali polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka, gemitsellyulozalar, pektin moddalari va sh. u.) juda ham ko‘p monosaxaridlar qoldiqlaridan iborat bo‘lib, ularning empirik formulasi n m O H C ) ( 2 ko‘rinishda bo‘ladi. Ularning molekulalari juda ham katta va to‘g‘ri chiziqli hamda shoxchasimon bo‘ladi. Polisaxaridlar bir yoki bir necha xil monosaxaridlar qoldiqlaridan iborat. Ular gidrolizlanganda molekulalari tashkil topgan monosaxaridlargacha parchalanadi. Monosaxaridlarning, ya’ni oddiy uglevodlarning aldegid (aldoza) yoki keton (ketoza) guruhlari bo‘ladi. Ular ushbu guruhlari orqali birikib birinchi va ikkinchi toifali uglevodlarni tashkil qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oddiy uglevodlarga glyukoza, fruktoza, galaktoza, mannoza, arabinoza, ksiloza va ribozalar kiradi. Glyukoza, fruktoza, galaktoza (mannozalar) geksozalar, arabinoza, ksiloza va ribozalar esa pentozalar deb ataladi. Geksozalar oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida erkin, pentozalar esa tuzilishi murakkab bo‘lgan pentozanlar bilan birlashgan holda uchraydi. Disaxaridlardan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida asosan saxaroza, laktoza, maltoza, trigaloza, sellobiozalar bo‘ladi. O‘simlik mahsulotlarida trisaxaridlardan rafinoza, tetrasaxaridlardan esa staxioza (no‘xat va chechevitsalarda) uchraydi. 202 Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi ikkinchi toifali uglevodlardan odam organizmi uchun eng muhimlari kraxmal, glikogen (hayvonot mahsulotlari tarkibidagi kraxmal), kletchatka, gemitsellyulozalar va pektin moddalari hisoblanadi. Kraxmal asosan o‘simlik mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi: bug‘doyda 60–70 %, makkajo‘xorida 65–75 %, guruchda 60–80 %, oziq-ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilinadigan kartoshkada 12 – 20 %. U ikki fraksiyadan iborat: amiloza va amilopektin. Kraxmal bir necha yuz mingdan iborat glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Glikogen go‘sht mahsulotlarida (jigarda 10 – 15 %, go‘sht to‘qimpalarida 4 – 5 %) bo‘ladi. Shuning uchun ham uni hayvon kraxmali deyishadi. U ham glyukoza qoldiqlaridan iborat. Glikogen o‘simlik mahsulotlari kraxmalidan o‘zining molekulyar og‘irligi bilan farq qiladi (4 000 000 gacha). Kletchatka faqat o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lib, boshqa moddalar bilan bog‘langan holda uchraydi. Uning molekulyar og‘irligi to‘liq aniqlanmagan. Kraxmal kabi kletchatka ham glyukoza qoldiqlaridan iborat. Gemitsellyulozalar asosan don mahsulotlari va sabzi tarkibida uchraydi. Ularga mannanlar, galaktanlar, araban va ksilanlar kiradi. Mannanlar - mannoza, galaktanlar - galaktoza, arabanlar –arabinoza, ksilanlar esa ksiloza qoldiqlaridan tashkil topgan. Pektin moddalari ham faqat o‘simlik mahsulotlari tarkibida uchraydi. Ular mevalar va ildizmevali sabzavotlar tarkibida ko‘p bo‘ladi. Pektin moddalari asosan galakturon kislotasi qoldiqlaridan iborat. Monosaxaridlar va birinchi toifali polisaxaridlar odam organizmida asosan energiya manbai va “qurilish materiallari” sifatida ishlatiladi. Ikkinchi toifali polisaxaridlar esa asosan ovqat hazm qilish organlarining me’yorida ishlashini ta’minlaydi va ularni zararli moddalardan tozalaydi. Disaxaridlar va monosaxaridlar shirin ta’mga ega. Qolgan uglevodlarning bunday ta’mi bo‘lmaydi, lekin ular oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mining shakllanishiga va sezilishiga katta ta’sir ko‘rsatishadi. Saxarozaga (100 %) nisbatan mono – va disaxaridlarning shirinlik darajalari qo‘yidagicha: fruktoza – 173 %, glyukoza – 73 %, ksiloza – 40 %, maltoza – 32 %, galaktoza – 32 %, rafinoza – 23 %, laktoza – 15 %. Uglevodlar quyida ko‘rsatilgan xossalarga ega bo‘ladi. Mono- va disaxaridlar suvda yaxshi eriydi. Kraxmal sovuq suvda kamgina bo‘kadi, 203 issiq suvda esa kleystr (yelimsimon modda) hosil qiladi. Glikogen issiq suvda eriydi, kletchatka va gemitsellyulozalar esa issiq va sovuq suvda ham erimaydi, faqat issiq suvda biroz bo‘kadi. Protopektin issiq suv ta’sirida suvda eriydigan pektinga aylanadi. Suvsiz muhitda qizdirilganda glyukoza (146 o C), fruktoza (95 – 105 o C) va saxaroza (160 - 186 o C) suyuqlanadi. Kraxmalga yod eritmasi ta’sir ettirilganda u ko‘k rangga bo‘yaladi. Monosaxaridlar molekulasida aldegid va spirt guruhlarining mavjudligi ularga xos xossalarni beradi: ular aldegid sifatida polimerlanish reaksiyasiga kirishishi, oksidlanish va metallarni qaytarish reaksiyalarida qatnashishlari, spirt sifatida esa alkogol xossasiga ega bo‘lgan moddalarni hosil qilishda ishtirok qilishlari mumkin. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling