Oziq-ovqat kimyosi
Polisaxaridlarning rangli reaksiyalari
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakarlar konsentratsiyasi va shirinlik darajasini aniqlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar
Polisaxaridlarning rangli reaksiyalari
Polisaxaridlar ham monosaxaridlarning angidridi hisoblanadi, lekin ular juda ham ko‘p monosaxaridlardan tashkil topgan. Eng asosiy polisaxaridlar geksozalardan tuzilgan. Kraxmalning rangli reaksiyasi Bajarish texnikasi. Tozalanib quritilgan probirkaga kraxmalning 1 % li eritmasidan 2 ml olinadi va unga bir tomchi lyugol eritmasidan qo‘shiladi. Kraxmal eritmasi ko‘k rang beradi. Agar ko‘k rangli eritma qizdirilsa, uning rangi yo‘qoladi, sovugandan keyin esa yana paydo bo‘ladi. Ko‘k rangning paydo bo‘lishi eritmada kraxmal borligidan darak beradi. Kraxmalning kolloid xossalari Bajarish texnikasi. Quritilgan va toza uchta probirkaga karaxmalning 1 % li eritmasidan 2 ml dan olinadi. Birinchi probirkaga to‘yinguncha ammoniy sulfat kristallari solinadi. Diqqat bilan qaralsa, erimay qolgan ammoniy sulfat kristallari sirtida kraxmal cho‘kmasi kuzatiladi. Bu esa kraxmal kolloid holatining buzilganidan darak beradi. Ikkinchi probirkadagi kraxmal eritmasi ustiga etil spirti qo‘yiladi va yorug‘da diqqat bilan kuzatiladi. Bu yerda ham kraxmal cho‘kmaga tushadi. Kraxmal eritmasi solingan uchinchi probirkaga efir qo‘shilganda ham kraxmalning cho‘kmaga tushishi kuzatiladi. 206 Shakarlar konsentratsiyasi va shirinlik darajasini aniqlash Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. 250 ml li o‘lchov kolbalari. 2. 50 ml li stakanlar. 3. Saxaroza. 4. Fruktoza. 5. Glyukoza . Bajarish texnikasi. Uning uchun toza yuvilgan va quritilgan 5 ta 250 ml li o‘lchov kolbalari olinadi. Kolbalar raqamlangandan keyin, ularning tartib nomerlariga rioya qilmasdan birinchi kolbaga 375, ikkinchisiga 625, uchinchisiga 875, to‘rtinchisiga 1125, beshinchisiga 1625 mg shakar, oltinchisiga esa faqat distillangan suv solinib, kolbalar u bilan o‘lchamigacha yetkaziladi. Kolbalarni tebratish yo‘li bilan shakar yaxshilab eritiladi. Qaysi kolbaga necha grammdan shakar va qaysisiga distillangan suv solinganligi yozilib qo‘yiladi. Keyin har bir kolbadan 50 ml dan suyuqlik stakanlarga quyiladi. Bu yerda ham qaysi kolbadan qaysi stakanga eritma solinganligi yozib olinadi. Suyuqlik solingan stakanlar talabalar guruhiga beriladi. Stakanlarda suyuqlik ta’mini laboratoriya ishini bajaradigan kichik guruhlarning har bir a’zosi tatib ko‘radi. Talabalardan qaysi stakanda birinchi bo‘lib suyuqlikning shirin ta’mini sezganligini belgilash va suyuqlik ta’mining o‘sib borishi bo‘yicha stakanlarning tartibini belgilash talab qilinadi. Eritmalardagi shakar ta’mini aniqlash natijalari 12-jadvalga kiritiladi. 12-jadval Saxaroza eritmasining shirinlik darajasini aniqlash natijalari Stakanlarning tartib raqami Birinchi marta shirin ta’m qaysi raqamli stakandagi suyuqlikda sezildi Shakar konsentratsiyasining o‘sib borishi bo‘yicha stakanlarning tartib raqamlari Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling