Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
13.10. Amaliy mashg‘ulot 
Vitaminlarning rangli reaksiyalarini o‘rganish
Tiaminning (vitamin B
1
rangli reaksiyasi 
 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Probirka. 
2. Elektr plitkasi. 
3. Tiamin (vitamin B
1
) kukuni. 
4. 10 % li kaliy gidroksid eritmasi. 
5. 5 % li kaliy geksamonoferrat eritmasi.
 
Bajarish texnikasi. Toza probirkaga olingan 1-2 mg tiamin 
(vitamin B
1
) kukuni ustidan 5 % li kaliy geksamonoferrat eritmasidan 
1-2, 10 % li kaliy gidroksidi eritmasidan esa 10 tomchi tomiziladi va 
asta aralashtiriladi. Reaksiya natijasida tiamin tixromga aylanadi va 
limonga mansub rang paydo bo‘ladi. Agar aralashma qizdirilsa
vitaminning osidlanishi natijasida yarqiragan sariq rang hosil bo‘ladi. 
Piridoksinning (vitamin B
6
) rangli reaksiyasi 
 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. 5 ml li pipetkalar. 
2. 5 % li temir (III)- xlorid eritmasi. 


210 
3. 10 % li piridoksin eritmasi. 
Bajarish texnikasi. Toza probirkaga olingan 10 % li piridoksin 
eritmasining besh tomchisiga temir (III)-xloridning 5 % li eritmasidan 
bir tomchi qo‘shiladi va asta-sekin aralashtiriladi. Eritmaning rangi qizil 
tusga kiradi. Qizil rangning paydo bo‘lishi temir fenolyatlarining hosil 
bo‘lishi bilan bog‘liq.
Nikotin kislotasining rangli reaksiyasi 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Probirka . 
2. Elektr plitkasi. 
3. 1, 10 ml li pipetkalar. 
4. 10 % li sirka kislota eritmasi. 
5. 5 % li mis (II)-atsetat eritmasi. 
6. Nikotin kislotasi eritmasi . 
Bajarish texnikasi. Quritilgan toza probirkaga pipetka yordamida 
5-10 tomchi nikotin kislotasi olinadi, uning ustiga sirka kislotasining 10 
% li eritmasidan 10 – 20 tomchi tomiziladi va eritma qaynab chiqish 
darajasigacha elektr plitkasi ustida qizdiriladi. Qizdirilgan eritma ustiga 
teng hajmda mis (II)-atsetatning 5 % li eritmasidan qo‘shiladi, eritma 
rangi yashil tusga o‘tadi. Eritma biroz uzoq vaqt turganda nikotin 
kislotasining misli tuzi cho‘kmaga cho‘kadi. Cho‘kma ko‘k rangli 
bo‘ladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling