Oziq-ovqat kimyosi
Vitamin bilan boyitilgan non tarkibidagi C-vitamini miqdorini
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy priborlar va reaktivlar
- Bajarish texnikasi.
Vitamin bilan boyitilgan non tarkibidagi C-vitamini miqdorini aniqlash (jadallashtirilgan uslub) C-vitamining miqdorini aniqlash uslubi indikator-2,6- dixlorfenolindofenol (Tilmans bo‘yog‘i) natriyli tuzining C-vitamin (askorbin kislotasi) ishtirokida qaytarilishiga asoslangan. Indikator (Tilmans bo‘yog‘i) qaytarilganda uning rangi ko‘kdan qizilga o‘tadi. Reaksiya natijasida C-vitamin oksidlanib, degidroaskorbin kislotaga aylanadi. Demak, C–vitaminning miqdorini aniqlash uning oksidlanish- qaytarilish reaksiyasida ishtirok etishiga asoslangan. C-vitaminni aniqlash uchun qattiq o‘simlik donlari (na’matak, donlar) kofe maydalagichdan o‘tkaziladi, qolgan mahsulot turlari esa farfor havonchada maydalab eziladi va aralashtiriladi. Shundan keyin C-vitaminni aniqlash uchun namuna olinadi. Tajriba uchun olingan namuna miqdori mahsulotdagi C-vitaminining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, 3 g dan 60 g gacha bo‘lishi mumkin. Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 1. Temir shtativ qistirgichlari bilan. 2. Farfor havoncha dastasi bilan, Ø 9-12 sm. 3. 2-5 ml li mikrobyuretka. 4. 50 va 100 ml li konussimon kolbalar. 5. 1, 2, 5, 10 va 15 ml li pipetkalar. 6. 100, 150 va 250 ml li kimyoviy stakanlar. 7. Shisha voronka (Ø 15 sm). 8. Shisha tayoqcha. 9. 25 va 50 ml li o‘lchov silindrlari. 214 10. 0,0005 mol/dm 3 li 2,6-dixlorfenolindofenolning natriyli tuzi eritmasi. 11. 2 % li xlorid kislota eritmasi. Bajarish texnikasi. Kimyoviy stakanga ezilgan nondan 60 g namuna olinib, uning ustidan uch marta ko‘p miqdordagi xlorid kislota eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtirilgandan keyin C-vitaminning suyuqlikka tez erib chiqishi uchun 10 daqiqa qoldiriladi. Keyin eritma paxta filtri orqali filtrlanadi. Filtratning ma’lum qismi (masalan, 5 ml) pipetka yordamida konussimon kolbaga olinadi. Keyin uning ustidan xlorid kislota eritmasidan yana 1 ml solib, distirlangan suv bilan kolbadagi eritma (filtrat) hajmi 15 ml ga yetkaziladi va shtativga o‘rnatilgan byuretka orqali Tilmans bo‘yog‘i standart eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun Tilmans bo‘yog‘i eritmasi tomchilatib quyiladi. Titrlash 1 daqiqa davomida so‘nmaydigan qizil rang hosil bo‘lguncha davom ettiriladi va 2,6- dixlorfenolindofenolning sarf bo‘lgan hajmi aniqlanadi. Asosiy tajriba bilan parallel yoki undan keyin nazorat tajribasi o‘tkaziladi. Uning uchun konussimon kolbaga 2 % li xlorid kislota eritmasidan 1 ml olinadi va uning hajmi distillangan suv bilan 15 ml ga yetkaziladi. Keyin esa 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasi bilan titrlanadi va indikatorning sarf bo‘lgan miqdori yozib olinadi. C-vitaminning miqdori (mg/100g) quyidagi formula orqali hisoblanadi: m V V V V K X 2 1 0 100 088 , 0 ) ( , bunda X - C-vitamin miqdori, mg/100g; K - 2,6- dixlorfenolindofenol 0,0005 mol/ml li eritmasining titri; V - 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasining asosiy tajriba uchun sarflangan hajmi, ml; 0 V - 2,6-dixlorfenolindofenol eritmasining nazorat tajriba uchun ketgan hajmi, ml; 1 V - titrlash uchun ishlatilgan aralashma (filtrat + HCl + distillangan suv) hajmi, ml; 2 V titrlash uchun olingan filtrat hajmi, ml; m - namuna vazni, g. Suyuq mahsulotlarda C-vitamin miqdorini xlorid kislotasi solinmasdan aniqlashda quyidagi formula ishlatiladi: 215 2 0 100 088 , 0 ) ( V V V K X bunda 2 V - titrlash uchun olingan suyuq mahsulot hajmi, ml. Boshqa shartli belgilar yuqorida keltirilgan formulada ko‘rsatilgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling