Qandolat va sut mahsulotlarining ko‘rsatkichlarini aniqlash
Qandolat mahsulotlari eritmalarining muhitini aniqlash
Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, ularning ta’mini
yaxshilash va boshqa maqsadlarda turli organik kislotalar (limon, olma
va sh. o‘.) ishlatiladi. Ular qandolat mahsulotlariga nordon reaksiya
beradi.
Lekin
ba’zi
xamirlardan
tayyorlanadigan
qandolat
mahsulotlariga (pryanik, pechene va sh. o‘.) osh sodasi qo‘shiladi. Soda
qo‘shilgan mahsulotga ishqoriy muhit beradi. Kislotaligi yoki ishqorligi
deganda berilgan mahsulotdagi kislota yoki ishqorning foiz hisobidagi
miqdori tushuniladi. Qandolat mahsulotlarining kislotaliligi yoki
ishqoriyligi gradusda ifodalanadi. Kislotalik gradusi deb 100 g
mahsulotdagi kislotani neytrallash uchun sarf bo‘lgan 1 N li ishqor
eritmasining millilitr soniga aytiladi. Xuddi shuningdek, ishqoriylik
gradusi deganda 100 g mahsulotdagi ishqorni neytrallash uchun
sarflangan 1 N li kisldota eritmasining millimetrlar soni tushuniladi.
Agar 100 g mahsulotdagi kislotani neytrallash uchun ketgan 1 N li
ishqor eritmasining millilitrlar soni aniq bo‘lsa, mahsulotdagi
(qo‘shilgan) organik kislotaning kislotalik gradusini berilgan organik
kislota foiziga hisoblab chiqish mumkin (16-jadval).
Berilgan (qo‘shilgan) kislotaning foizini topish uchun 1 N li
ishqor
eritmasi
millilitrlar sonini (gradusini)
shu
kislotaning
milligramm–ekvivalentiga ko‘paytirish kerak.
16-jadval
Kislotalik gradusidan foizga o‘tkazish koeffitsentlari
Kislota
Kislotaning milligramm-ekvivalienti, g.
Sirka kislota
0,060
Sut kislota
0,090
Olma kislota
0,067
Limon kislota (1 molekula suv)
0,070
Limon kislota, suvsiz
0,064
Vino kislota
0,075
Do'stlaringiz bilan baham: |