Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
13.10. Amaliy mashg‘ulotlar 
Uglevodlarning sifat reaksiyalari 
 
Uglevodlar molekulalarida gidroksil va karboksil guruhlarining 
mavjudligini tekshirish. Metallarning qaytarilishi va uglevodlarning 
oksidlanish reaksiyalari 
Kimyoviy priborlar va reaktivlar: 
1. Shtativ probirkalari bilan, spirtovka. 
2.Darajalangan pipetkalar. 
3.5 % li glyukoza eritmasi. 
4.30 % li natriy gidroksidi eritmasi. 
5.1 % li mis sulfat eritmasi. 
6.10 % li sulfat kislotasi eritmasi. 
7.1 % li glyukoza eritmasi. 
8.10 % li natriy gidroksidi eritmasi. 
9.Feling reaktivi. 
Uglevodlar molekulasida gidroksil guruhlari
mavjudligini tekshirish 
Bajarish texnikasi.Toza probirkaga glyukozaning 5 % li 
eritmasidan 3 ml olinadi, uning ustiga natriy gidroksidining 3 % li 
eritmasidan 1 ml va 1 % li mis sulfat eritmasidan bir necha tomchi 
qo‘shiladi. Reaksiya natijasida mis gidroksidi hosil bo‘ladi. U tarkibida 
shakari bor suvli muhitda eriydi va eritmaga ko‘k rang beradi. 
Uning reaksiya tenglamasi qo‘yidagicha ifodalanadi: 
CuSO
4
+ 2NaOH 
Cu(OH)
2
+ Na
2
SO
4


204 
Uglevodlar molekulasida karbonil guruhining
mavjudligini tekshirish 
Bajarish texnikasi.Toza va yaxshi quritilgan probirkaga 
glyukozaning 5 % li va natriy gidroksidining 30 % li eritmasidan 2 ml
solinadi. Aralashma spirtovka ustida qaynash darajasigacha qizdiriladi. 
Qizdirishda avval sariq, keyin esa qora-qo‘ng‘ir rang va karamel hidi 
paydo bo‘ladi. Aralashmaning rangi va hidi 10 % li sulfat kislotasi 
tomchilari qo‘shilganda juda kuchayadi. 
 
Metallarni qaytarish va uglevodlarning
oksidlanish reaksiyalari 
Metallarni qaytarish reaksiyasi monosaxaridlar molekulalarida
bo‘sh aldegid va keton guruhlarining xossalariga asoslanadi. Ular metall 
ionlarini qaytarishi hisobiga o‘zlari tezda oksidlanadi. Shu boisdan ham 
bunday reaksiyalar oksidlanish-qaytarish reaksiyalari deb ataladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling