187
Oqsillarning konsentrlangan mineral kislotalar ta’sirida cho‘kishi
Bajarish texnikasi. Uchta probirkaning har biriga 15-20
tomchidan
alohida konsentrlangan xlorid, sulfat va nitrat kislotalari
solinadi. Keyin probirkalarni 45
O
burchak
ostida qiyalatib, ularning
devori bo‘ylab ehtiyotlik bilan (suyuqliklar aralashib ketmasligi kerak)
teng hajmda oqsil eritmasi qo‘shiladi. Har
ikkala suyuqlik chegarasida
yupqa qavat shaklida oqsil cho‘kmasi paydo bo‘ladi. Agar probirkalar
ehtiyotlik bilan chayqatilsa, cho‘kma eriydi.
Oqsillarning organik kislotalar ta’sirida cho‘kishi
Bajarish texnikasi. Ikkita probirkaning har biriga 1 %
li oqsil
eritmasidan 5 tomchidan va 10 % li sulfatsil kislota va trixlorsirka
kislota eritmalaridan 1-2 tomchidan alohida tomiziladi.
Har ikkala
probirkada ham oqsil cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Oqsillarning og‘ir metallar tuzlari ta’sirida cho‘kishi
Bajarish texnikasi. Uchta probirkaga 1 % li tuxum oqsili
eritmasidan 5 tomchidan solinadi va birinchi probirkaga 7 %
li mis
sulfat (CuSO
4
) eritmasidan, ikkinchisiga – 5 % li qo‘rg‘oshin
atsetat
(Pb(CH
3
COO)
2
eritmasidan, uchinchisiga esa 5 % li kumush nitrat
(AgNO
3
) eritmasidan 1 tomchidan qo‘shiladi.
Har uchala probirkada
ham cho‘kmaning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Birinchi probirkadagi cho‘kmaga 5-10 tomchi mis sulfat
eritmasidan,
ikkinchisidagiga
5-20
tomchi
qo’rg‘oshin atsetat
eritmasidan, uchinchisidagiga esa 5-10
tomchi kumush nitrat
eritmasidan qo‘shiladi. Nima bo‘lishini kuzating. Natijalarni 7-jadvalga
qayd eting.
7-jadval
Oqsillarga metall ionlarining ta’sirini o‘rganish natijalari
Cho‘ktiruvchilar
guruhining nomi
Qo‘llaniladigan
reaktivlar
Cho‘kmaning
xarakteri va rangi
Reaksiya nima
hisobiga boradi
Do'stlaringiz bilan baham: